Bryus Lining qizi shikoyat qilganidan so‘ng Xitoyda "Bir kuni Hollivudda" filmi namoyishi qoldirildi
Bryus Lining qizi shikoyat qilgani sababli Xitoyda rejissyor Kventin Tarantinoning "Bir kuni Hollivudda" filmi namoyishi to‘xtatib qo‘yildi, deb xabar berdi The Hollywood Reporter.
Nashrning yozishicha, Shennon Li Xitoy kino ishlari boshqarmasiga filmdagi otasi bilan bog‘liq sahna ko‘rinishini o‘zgartirishni so‘rab murojaat qilgan. Uning fikricha, rejissyor Bryus Lini "o‘ta takabbur" qilib ko‘rsatgan.
Leonardo Di Kaprio, Bred Pitt va Margo Robbi ishtirokidagi film 25 oktyabrdan Xitoy kinoteatrlarida namoyish etilishi kerak edi. Ammo film namoyishi noma'lum muddatga qoldirildi.
Film Xitoyda 50 million dollar ishlashi va umumiy daromad 400 milliondan oshishi kutilayotgan edi ("Bir kuni Hollivudda" filmi avgust oyidan buyon 366 million dollar ishlagan).
Mavzuga oid
15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi
15:02 / 10.12.2024
Olimlar ekologik toza quyosh batareyalarini ishlab chiqarish usulini topdi
20:48 / 09.12.2024
Tramp saylovda g‘alaba qozonganidan keyin birinchi marta Si Jinping bilan suhbatlashdi
19:51 / 24.04.2023