Sport | 12:31 / 11.04.2018
9624
2 daqiqa o‘qiladi

Andres Inesta YeChL bilan xayrlashdi

Foto: Reuters

«Barselona» yarim himoyachisi Andres Inesta jamoasining YeChL 1/4 finalida «Roma»dan uchralgan mag‘lubiyatidan (0:3) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, u mavsum oralig‘ida Kataloniyadan ketishi mumkinligini ham yashirmadi. 

«Bunday vaziyatdan nimadir deb gapirish qiyin. Biz bunga tayyor emasdik. Agar sen ko‘p xatoga yo‘l qo‘ysang, nimanidir xato bajarsang, Chempionlar ligasi seni kechirib o‘tirmaydi. Juda tushkun holatni boshimizdan kechirmoqdamiz. Birinchi bo‘limda bizda hech narsa o‘xshamadi, ikkinchi bo‘limda o‘yinimizni kuchaytirdik, ammo bu kamlik qildi. Biz boshqacha o‘ynashimiz kerak edi.

Balki bu mening «Barselona» tarkibidagi YeChLda o‘tkazgan eng so‘nggi o‘yinimdir. 

Turnirni bunday nuqtada yakunlash alamli. Muvaffaqiyat qozonishni juda istagandik, ammo yana muvaffaqiyatsizlikka uchradik. Musobaqani tark etishimizni tushuntirish qiyin, ammo bunaqasi ham uchrab turadi. Gap xohishning yetishmasligida emas. Bu Chempionlar ligasi va bu yerda ajabtovur holatlar sodir bo‘ladi. Muvaffaqiyatsizlikka uchradik. Endi qolgan ikki turnirga bor e'tiborimizni qaratishimiz kerak bo‘ladi», — deya Inestaning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Mavzuga oid