«Siti» va «Barsa» yana ochko yo‘qotdi, Mbappe gol urishni boshladi
«MYu» Amorim rahbarligida ham muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda. Shanba oqshomida Yevropa futbolida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat.
Angliya: «Siti». Yana
«Kristal Pelas» – «Manchester Siti» 2:2
Gollar: 1:0 – 4 Munyos, 1:1 – 30 Holand, 2:1 – 56 Lakrua, 2:2 – 68 Lyuis.
«Kristal Pelas» – Henderson, Gehi, Lakrua, Chaloba, Eze (Devenni, 72), Sarr (Nketia, 77), Mitchell, Munyos, Lerma, Hyuz, Mateta.
«Manchester Siti» – Ortega, Lyuis, Gvardiol, Ruben Diash, Uoker, Gundo‘g‘an, Bernardu Silva, Mateush Nunesh, de Bryuyne (Grilish, 86), Savio (Doku, 79), Holand.
Ogohlantirishlar: Lyuis (70), Nketia (90+3).
Chetlatish: Lyuis (84).
Xosep Gvardiola hafta o‘rtasida uzoq kutilgan g‘alabadan keyin yana tarkib borasidagi muammolardan yozg‘irib, Grilishdagi muammolar va yaqinda safga qaytgan Dokuni asrash zarurligi, uni har uch-to‘rt kunda maydonga tushira olmasligi haqida gapirdi. Ammo bu shanba kuni o‘tkazib yuborilgan tezkor gol oldida arzimas muammolar. «Manchester Siti» joriy mavsumda yettinchi bor raqiblariga dastlabki o‘n besh daqiqalikda hisobni ochishga imkon bermoqda va autsayderlarga xos bo‘lgan bu ko‘rsatkich borasida APLda yaqqol peshqadamlik qilmoqda.
Birinchi golda Uoker ortga qaytib, «Pelas» futbolchisi ofsayddan qochib qolishiga sababchi bo‘ldi.
«Kristal Pelas» qarshi hujumlarda yaxshi harakatlandi va o‘z muvaffaqiyatini rivojlantirishi ham mumkin edi. Lekin amaldagi chempionlar to‘pga egalik qilishdi. To‘pni raqib hududida olib qo‘ygan Gundo‘g‘anning zarbasi ustunga tegdi, ko‘p o‘tmay Holand Mateus Nunesning uzatmasidan keyin bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi. Faqat bu o‘yinda burilish yasamadi. Ikkinchi bo‘limda «Siti» yana hisobda ortda qola boshladi. 68-daqiqada Bernardu Silvaning pasidan keyin operativ kenglikka ega bo‘lgan Lyuis to‘pni to‘sin ostidan to‘rga kiritib, hisobni tenglashtirdi. Ammo ushbu himoyachi 84-daqiqada zarurat bo‘lmagan joyda fol ishlatib, ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi va amaldagi chempionlar yana bir bor ochko yo‘qotdi.
«Aston Villa» – «Sauthempton» 1:0
Gol: 1:0 – 24 Duran.
«Aston Villa» – Martines, Matsen (Din, 58), Pau Torres, Diyego Karlos, Konsa, Tilemans (Barkli, 59), Kamara, Makginn, Rodjyers, Beyli (Filodjin-Baydeys, 59), Duran (Uotkins, 58).
«Sauthempton» – Lamli, Menning (Sulemana, 90+2), Bri (Aribo, 46), Uoker-Piters, Vud-Gordon, Harvud-Bellis, Fernandesh, Dauns (Brereton, 79), Dibling, Archer (Amo-Ameyo, 73), Armstrong.
Ogohlantirishlar: Dauns (69), Vud-Gordon (78), Amo-Ameyo (85), Rodjyers (90+6).
«Manchester Siti» to‘rtinchi o‘rinda qoldi, ammo «Aston Villa» va «Nottinghem» bilan oradagi farq atigi ikki ochkoni tashkil etmoqda. O‘z o‘yinini yakshanba kuni o‘tkazadigan «Brayton» ham YeChLga yo‘llanma beradigan kvartetga yaqinlashib olishi mumkin. Birminghemliklar esa chorshanba kuni turnir jadvalidagi qo‘shnisi «Brentford» bilan o‘yindagi g‘alaba (3:1) evaziga inqirozli davrdan chiqib olgandi. Bu g‘alaba «Villa» uchun 22 oktyabrdan buyon birinchisi bo‘lgandi, bu oraliqda sakkiz uchrashuvdan iborat g‘alabasi seriya qayd etilgandi. Shanba kuni esa Unai Emeri boshlang‘ich tarkib uchun Duranni tanlagani o‘zini oqladi. Odatda zaxiradan tushib gol uradigan kolumbiyalik joker bu APLning bu mavsumida ilk bor boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi va bu hodisani o‘z goli bilan nishonladi.
«Manchester Yunayted» – «Nottinghem Forest» 2:3
Gollar: 0:1 – 2 Milenkovich, 1:1 – 18 Hoylund, 1:2 – 47 Gibbs-Uayt, 1:3 – 54 Vud, 2:3 – 61 Brunu Fernandesh.
«Manchester Yunayted» – Onana, Martines, de Ligt (Maguayr, 65), Yoro (Mazraviy, 66), Brunu Fernandesh (Maunt, 76), Garnacho (Reshford, 59), Diogu Dalot, Ugarte (Zirkze, 76), Maynu, Diallo, Hoylund.
«Nottinghem Forest» – Zels, Uilyams, Murillo, Milenkovich, Ayna, Yyeyts, Anderson, Gibbs-Uayt (Dominges, 79), Hadson-Odoi (Avoniyi, 90), Silva (Morato, 68), Vud (Elanga, 79).
Ogohlantirishlar: Silva (31), Uilyams (90+4).
Ruben Amorim hayron qoldirishda davom etib, yozgi yig‘in chog‘ida jarohat olgan va endigina jarohatidan tuzalgan Yoroni boshlang‘ich tarkibda tushirdi. Fransiyalik vunderkind tuzalganidan keyin hafta o‘rtasida «Arsenal» bilan o‘yinda zaxiradan maydonga tushgandi. Shanba kungi o‘yin esa «Old Trafford» uchun shok holati bilan boshlandi — Milenkovich burchakdan uzatilgan to‘pni bosh bilan darvozaga yo‘lladi. Hoylund ancha tez muvozanatni tikladi, tanaffus arafasida esa Brunu Fernandeshning jarima zarbasidan keyin darvozabon va to‘sin mehmonlarni goldan qutqarib qoldi.
Ikkinchi bo‘limda esa «qizil iblislar»ni bir necha daqiqalik dahshat kutayotgandi. Barchasi Fernandesh o‘z jamoasi jarima maydoni yaqinida xatoga yo‘l qo‘yishi bilan boshlanib, shundan keyin Onana Gibbs-Uaytning o‘zi turgan tomonga yo‘llangan zarbasini o‘tkazib yubordi. To‘p yo‘l-yo‘lakay trayektoriyasini o‘zgartirdi, ammo u darvozaga markazdan kelgandi va darvozabonning yonidan o‘tib ketdi.
Vudning golida Lisandro Martines darvoza chizig‘i ustida to‘pni to‘xtatib qololmadi. APLda «Nottinghem» safidagi 25-golini urgan va klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylangan ushbu tajribali forvard o‘zining 33 yillik tug‘ilgan kuniga shunday sovg‘a hozirlagandi.
Diallo himoyachilarni aldab o‘tib bergan pasidan keyin Fernandesh urgan chiroyli gol esa natijaga ta’sir ko‘rsatmadi. Portugaliyalik murabbiylar duelida ustun kelgan Nunu Eshpirinu Santu «o‘rmonchilar» tarixiga 114 yil ichida Angliya chempionatida «MYu»ga qarshi o‘tkazilgan dastlabki ikki uchrashuvida ham g‘alaba qozongan ilk mutaxassis sifatida kirdi. «Nottinghem» «Old Trafford»da so‘nggi o‘ttiz yil ichida ilk bor g‘alabaga erishdi, «MYu» esa o‘n besh turdan keyin 1986/87 yillar mavsumidan buyon eng quyi o‘rinda (13) joylashgan.
Ispaniya: Pellegrini va Mbappening yorqin yubileylari
«Betis» – «Barselona» 2:2
Gollar: 0:1 – 39 Levandovski, 1:1 – 68, penalti Lo Chelso, 1:2 – 82 Ferran Torres, 2:2 – 90+4 Diao.
«Betis» – Viyetes, Perro (Ruibal, 72), Liorente, Bartra, Sabali, Altimira, Flores (Isko, 76), Azzalzuliy (Rodriges, 86), Lo Chelso, Chimi Avila, Roke (Diao, 77).
«Barselona» – Penya, Balde (Fort, 88), Martines, Kubarsi, Kunde, Olmo (de Yong, 60), Kasado, Pedri (Gavi, 74), Rafinya (Ferran Torres, 60), Levandovski (Viktor, 74), Yamal.
Ogohlantirishlar: Flores (35), de Yong (66), Fort (90).
Chetlatish: Hans Diter Flik
«Betis»ning birinchi raqamli posboni Ruy Silva chigalyozdi mashg‘ulotlari chog‘ida jarohatlanib, ko‘zda yosh bilan maydonni tark etgach, mezbonlar shoshilinch ravishda Viyetesni o‘yinga tayyorlashga majbur bo‘lishdi. Lekin diqqat markazida hafta o‘rtasida ham Ispaniya Kubogida darvozani qo‘riqlagan ushbu posbon emas, balki Inyaki Penya bo‘ldi. «Barsa» darvozaboni ko‘k-anorranglilar tarbiyalanuvchisi Azzalzuliyning zarbasidan keyin bor mahoratini ishga solishi talab etildi. Bundan tashqari, bundan bir necha daqiqa oldin hamma ishga ulguradigan Rafinya to‘pni darvoza chizig‘i ustidan qaytarib qolgandi. O‘yinni kuchli boshlagan mezbonlar tom ma’noda shu kuni xorijlik mutaxassislar orasida la ligada 500-o‘yinini o‘tkazgan ilk murabbiyga aylangan Manuel Pellegriniga sovg‘a qilishni ko‘zlagandi.
Ammo bu oson ish emasdi, «Barsa» «Benito Vilyamarin»da 16 yildan buyon mag‘lub bo‘lmayapti. Kataloniyaliklar o‘yinni nazoratga olishdi va tanaffus arafasida Hansi Flikning rotatsiyasi o‘zini oqladi. Germaniyalik mutaxassis hafta o‘rtasida «Malyorka»ga qarshi o‘yinda hujum markazida Levandovski o‘rniga Ferran Torresni tushirgan va uzoq muddatlik tanaffusdan keyin maydonga qaytgan hujumchi gol urgandi. Dam berilgan polshalik hujumchi esa shanba kungi o‘yinda Yamal va Pedri uyushtirgan kombinatsiya davomida Kunde qanotdan oshirgan to‘pni darvozaga yo‘lladi. Darvozabondan boshlangan golli kombinatsiya «Barsa» uchun 2021 yildan buyon eng uzoq davom etgan hujumga aylandi va bu hujam davomida 27 bor aniq uzatma amalga oshirildi.
Pellegrini esa tanaffusda o‘z jamoasiga kerakli ko‘rsatmalarni berdi va jamoa yana oldinga tashlandi. Penya qahramonlik ko‘rsatishda davom etdi, ammo Lo Chelsoning penalti zarbasi qarshisida ojiz qoldi. Bunga ikkinchi bo‘limda tushirilgan Frenki de Yong jarima maydoni ichida kataloniyaliklar katta va’dalar bilan olib kelgan va moliyaviy muammolar tufayli bir mavsum o‘tib sotib yuborgan Vitor Rokening oyog‘ini bosib olgani sabab bo‘ldi.
Flikning esa bunga asablari dosh bermadi va qizil kartochka olib, o‘yinni uzoqroqdan tomosha qilishga majbur bo‘ldi. Yamalning navbatdagi dohiyona pasidan keyin ofsayd qopqonidan qutulib qolgan Torres urgan gol g‘alaba golidek ko‘ringandi, ammo arbitr tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Diaoning zarbasidan keyin hisob tenglashdi.
«Jirona» – «Real» 0:3
Gollar: 0:1 – 36 Bellinghem, 0:2 – 55 Guler, 0:3 – 62 Mbappe.
«Jirona» – Gassaniga, Migel Gutiyerres, Kreychi, David Lopes, Martines, Romeu, Martin, van de Bek (Portu, 78), Asprilya, Hil (Danjuma, 58), Miovski (Abel Ruis, 58).
«Real» – Kurtua, Mendi (Fran Garsiya, 81), Ryudiger, Tchuameni, Vaskes, Modrich, Valverde (Asensio, 81), Braim Dias, Bellinghem (Sebalyos, 61), Guler (Yanes, 89), Mbappe (Endrik, 81).
Ogohlantirishlar: Mbappe (45+2), Anchelotti (45+2), Ryudiger (76), Kreychi (76), Romeu (90).
Sevilyadagi durang hafta davomida ikkinchi bor turnir jadvalidagi kuchlar nisbatini o‘zgartirib yubordi va hafta o‘rtasida Bilbaoda yutqazgan «Real» yana soyadagi yetakchi maqomini o‘ziga qaytardi. Birinchi bo‘lim qiyin kechdi, ammo bo‘limning ikkinchi yarmida madridliklar o‘yinni kuchaytirib, natijani ta’minladi. Braim Dias chap qanotda Vinisius Junior uslubida oldinga yurib, pas berdi, to‘p himoyachiga tekkan bo‘lsa-da, unga ega chiqqan Bellinghem faoliyatida ilk bor qatorasiga besh turda gol urdi.
Aynan Jud ikkinchi bo‘lim boshida to‘pga bir teginishda mehmonlarning hisobdagi ustunligini oshirgan Arda Gulerga uzatma berdi. Faqat bu goldan biroz o‘tib angliyalik yarimhimoyachi van de Bek bilan to‘qnashuvdan keyin o‘zini yomon his qilib almashtirildi. Bo‘lim oxirida esa Mendi ham maydonni shifokorlar hamrohligida tark etdi.
Shunga qaramay, madridlik muxlislar g‘alabadan tashqari yana ikki voqeadan xursand bo‘lishi mumkin. Birinchidan, Mbappe top-5 ligalarda 200-golini urdi, fransuz hujumchisi Modrichning aqlli pasidan keyin himoyachilar ortida ochilib, o‘yinga nuqta qo‘ydi. Ikkinchidan, yosh forvard Daniel Yanes shu kuni debyutini amalga oshirdi. 17 yoshu 254 kunligida u «Real»ning 2015 yildan buyon eng yosh debyutantiga aylandi, o‘shanda Anchelotti maydonga 16 yoshli Martin Edegorni tushirgandi. Asosiysi esa — yo‘qotilgan ochkolarga ko‘ra Madrid yana turnir jadvalidagi ehtimoliy yetakchiga aylandi, «Valensiya»ga qarshi qoldirilgan o‘yindagi ehtimoliy uch ochko evaziga «Barselona» ortda qoldirilishi mumkin.
Italiya: turincha kambek
«Yuventus» – «Bolonya» – 2:2
Gollar: 0:1 – 30 Ndoyye, 0:2 – 52 Pobega, 1:2 – 62 Kopmeyners, 2:2 – 90+2 Mbangula.
«Yuventus»: Perin, Kambiyazo (Ruxi, 14), Kalulu, Gatti (Savona, 80), Danilo, Fajioli (Yildiz, 64), Lokatelli (Tyuram, 64), Vea (Mbangula, 80), Kopmeyners, Fransishku Konseysau, Vlahovich.
«Bolonya»: Skorupski, Miranda, Lukumi, Bekema, Xolm (Posh, 84), Pobega (Moro, 80), Froyler, Dominges (Iling-Junior, 84), Odgor (Fabbian, 60), Ndoyye, Kastro (Dallinga, 80).
Chetlatish: Motta (51).
Tiagu Motta tarixda ilk bor Chempionlar ligasiga olib chiqqan jamoaga qarshi o‘yin hozirda «Yuventus»ga bosh murabbiylik qilayotgan mutaxassisga ijobiy hissiyotlar taqdim etmadi. «Bolonya» ilk daqiqalardanoq xavfliroq ko‘rindi va birinchi bo‘limda hisobda oldinga chiqib oldi. Birinchi bo‘limdagi muammolar Ndoyaning goli bilan cheklanmasligi ham mumkin edi, ammo arbitr va VAR «so‘nggi umid foli»ni ishlatgan Kaluluga qizil kartochka ko‘rsatmadi.
Fajioli esa ajoyib yurish amalga oshirgan Fransishku Konseysauning pasini yo‘qqa chiqarib, to‘pni darvoza to‘sini ustidan oshirib tepdi. Ikkinchi bo‘limda ham ko‘p narsa o‘zgarmadi, Motta hissiyotlarini jilovlay olmadi va ketma-ket sariq kartochkalar olib, tribunalar ostiga yo‘l oldi. Bundan bir necha daqiqa o‘tib byankonerilar mudofaada qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishdi va Pobege yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, ikkinchi golni urdi. Ammo «Keksa sinioralar» qiyin vaziyatdan chiqib ketishdi.
Danilu hujumga qo‘shilib, jarima maydoni markazidan darvozani o‘qqa tutgan Kopmaynersni qulay pas bilan ta’minladi. Qo‘shimcha daqiqalarda esa turinliklar safida so‘nggi uch o‘yinni o‘tkazib yuborgan Vlahovich jamoadagi o‘rni naqadar muhimligini eslatib qo‘ydi. Serbiyalik hujumchi o‘ng qanotdan katta tezlik bilan oldinga yurdi va sheriklari yetib kelgach, uzoq ustun tomon aylanma pas yo‘lladi, u yerda esa Mbangula osonlik bilan darvozani ishg‘ol etdi. «Yuve» xarakter ko‘rsatdi, ammo qatorasiga ikkinchi turda ham «Latsio»ni beshinchi o‘rindan tushira olmayapti. Endi yakshanba kuni Neapolga safar qiladigan rimliklarda oradagi farqni oshirish imkoniyati bo‘ladi.
Germaniya: «Bavariya» farqni oshirmoqda
«Bavariya» – «Haydenxaym 4:2
Gollar: 1:0 – 18 Upamekano, 1:1 – 50 Xonzak, 2:1 – 56 Musiala, 3:1 – 84 Goretska, 3:2 – 85 Dorsh, 4:2 – 90+1 Musiala.
«Bavariya» – Perets, Devis, Kim Min Je, Upamekano, Boe, Pavlovich (Goretska, 71), Kimmih, Sane, Gerreyru (Laymer, 90+2), Olise (Koman, 71), Myuller (Musiala, 51).
«Haydenhaym» – Myuller, Ferenbax, Traore, Zirsleben, Gimber (Bek, 78), Maynka, Sheppner (Dorsh, 71), Melouni, Kerber (Broynig, 64), Honzak (Siyenza, 79), Vanner (Konte, 64).
Ogohlantirish: Perets (87).
«Bavariya» hafta o‘rtasida Chempionlar ligasida «Shaxtyor» mehmoni bo‘ladi, shu tufayli Vensan Kompani autsayder raqibga qarshi aralash tarkib tushirdi, unda hujum markazida hali jarohatidan tuzilmagan Keyn o‘rnini Myuller egalladi. Va Upamekano burchak zarbasi uzatilganidan keyin hisobni ochganida, peshqadam jamoada bu o‘yinda hech qanday muammo bo‘lmaydigandek tasavvur uyg‘ongandi. Ammo ikkinchi bo‘lim «Haydenhaym»ning javob goli bilan boshlandi va myunxenliklar o‘z yulduzlarisiz o‘yinni hal qila olmasligi ma’lum bo‘ldi. Musiala maydonga tushishi bilan vaziyat o‘zgardi va uch daqiqa o‘tib aynan u «Bavariya»ni hisobda oldinga olib chiqdi. Olisening pasidan keyin ushbu yarimhimoyachi keng hududga ega bo‘ldi va uzoq masofadan yaqin burchakni aniq nishonga oldi. Xuddi shu Musiala qo‘shimcha daqiqalarda hisobdagi quvlashmachoqqa va o‘yinga yakun yasovchi golga mualliflik qildi. Jamal bu mavsumda barcha turnirlar doirasidagi gollari sonini 12 taga yetkazdi va hozirning o‘zidayoq o‘tgan mavsumdagi natijasini takrorladi, «Bavariya» esa ikkinchi o‘rin bilan oradagi farqni olti ochkoga yetkazdi.
«Bayyer» – «Sankt-Pauli» 2:1
Gollar: 1:0 – 6 Virts, 2:0 – 21 Ta, 2:1 – 84 Gilavogi.
«Bayyer» – Gradetski, Inkapie, Ta, Tapsoba, Grimaldo (Belosyan, 78), Aleish Garsiya, Jaka, Palasios (Frimpong, 60), Artur, Virts (Tere, 79), Tella (Andrix, 87).
«Sankt-Pauli» – Vasil, Nemet (Dzvigala, 89), Val, Smit, Treu, Saliakas (Ritska, 89), Buxalfa (Sinani, 79), Irvayn, Afolayyan (Alstrand, 82), Eggeshtayn (Albers, 89), Gilavogi.
Ogohlantirishlar: Inkapie (28), Gilavogi (37), Saliakas (75), Dzvigala (90+3).
«Ayntraxt» F – «Augsburg» 2:2
Gollar: 1:0 – 55 Ekitik, 1:1 – 60 Tits, 1:2 – 71 Essende, 2:2 – 74 Uzun.
«Ayntraxt» F – Trapp, Nkunku (Braun, 46), Teate, Kox, Kristensen, Daud (Uzun, 72), Tuta, Shaibi (Baoyya, 72), Knauff (Xeylund, 72), Ekitik (Matanovich, 90), Marmush.
«Augsburg» – Labrovich, Shlotterbek, Gaueleu, Matsima, Kudossu (Gumny, 67), Rejbechay (Mayyer, 67), Yakich, Oneka, Volf (Bauer, 80), Tits (Vargas, 80), Essende.
Ogohlantirishlar: Shlotterbek (1), Nkunku (12), Kox (90+5), Vargas (90+5).
Yana oldingidek o‘ynay boshlagan «Bayyer» osonlik bilan qatorasiga to‘rtinchi g‘alabasiga erishdi, Virs ham mavsumdagi o‘ninchi golini shu qadar osonlik bilan urdi. U jarima maydoniga yorib kirib, to‘pni «Sankt-Pauli» himoyachilari oyoqlari orasidan o‘tkazdi. Burchak zarbasidan keyin Ta urgan gol muvaffaqiyatni mustahkamladi, ammo yakunda leverkuzenliklar baribir muxlislarini biroz tashvishlanishga majbur qildi. Hamburgdan kelgan jamoa oradagi farqni qisqartirdi va hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qolishi ham mumkin edi. Ammo barchasi mezbonlar uchun yaxshi yakunlandi, «Ayntraxt» parallel uchrashuvda durang o‘ynab qo‘ygani esa «aspirinchilar» jamoasi ikkinchi o‘rin bilan oradagi farqni bir ochkogacha qisqartirishiga imkon berdi. Habi Alonsoning jamoasida ishlar yaxshilanmoqda, frankfurtliklar esa haftani juda yomon o‘tkazishdi. «Burgutlar» avvaliga Germaniya kubogini tark etgandi, endi esa o‘n uchinchi o‘rindagi jamoaga qarshi o‘yinda qiyinchilik bilan durangga erishdi.
«Holshtayn Kil» – RB «Leypsig» 0:2
Gollar: 0:1 – 27 Sheshko, 0:2 – 69, penalti Andre Silva.
«Holshtayn Kil» – Vayner, Geshvill, Ivejich, Shuls (Bernhardsson, 74), Rozenbom, Porat, Gigovich (Holtbi, 62), Remberg, Knudsen (Skribski, 46), Harres, Matino (Pixler, 80).
RB «Leypsig» – Gulachi, Gertryuyda (Klostermann, 63), Orban, Xenrixs, Zayvald, Nusa, Aydara (Shlager, 63), Vermeren (Kampl, 90+1), Baumgartner (Zakar, 90+3), Openda, Sheshko (Andre Silva, 63).
Ogohlantirishlar: Gigovich (35), Openda (56), Vayner (67), Shuls (68), Vermeren (74), Xenrixs (83), Bernhardsson (90).
«Borussiya» M – Borussiya D 1:1
Gollar: 0:1 – 64 Gittens, 1:1 – 71, penalti Shteger.
«Borussiya» M – Nikolas, Ulrix, Elvedi, Itakura, Skalli, Vaygl, Rayts (Fridrix, 90+7), Plea (Xak, 75), Shteger (Zander, 75), Onora (Ngumu, 89), Klyayndinst (Chvanchara, 89).
«Borussiya» D – Kobel, Bensebayni, Shlotterbek, Zyule (Jan, 83), Ryuerson, Gross (Reyna, 78), Nmecha, Zabitser, Gittens, Bayyer (Malen, 58), Girassi.
Ogohlantirishlar: Vaygl (30), Shlotterbek (46), Gross (71), Chvanchara (90+4).
Chetlatish: Chvanchara (90+5).
Chempionlar ligasiga yo‘llanma beruvchi to‘rtinchi o‘rinni esa «Leypsig» o‘zida saqlab qoldi. Holbuki «ho‘kizlar» jamoasi bir hafta oldin ham inqiroz holatida qolayotgandi va qatorasiga olti o‘yinda g‘alaba neligini bilmagandi. Kubok o‘yinida bu noxush seriyaga barham berilib, «Ayntraxt» yirik hisobda tor-mor etildi (3:0). Bu muvaffaqiyat Marko Roze jamoasiga g‘alaba hissini keltirdi va chorshanba kungi o‘yinda hisobni ochgan Sheshko «Holshtayn» darvozasiga ham birinchi golni urdi. Shundan keyin jamoa muxlislari o‘z e’tiborini beshinchi o‘rinda ta’qib qilayotgan jamoa o‘yiniga qaratishi mumkin edi.
Ikki «Borussiya» derbisi natijasiga ko‘ra dortmundliklar «Leypsig»dan uch ochkoga ortda qolib ketdi. «Asalarilar» bundesligada safar o‘yinlari kompleksidan baribir xalos bo‘lolmayapti, holbuki safar o‘yinlaridagi oltinchi urinishda g‘alaba uchun imkon yuzaga kelgandi. Birinchidan, Bayn-Gittensning goli evaziga qo‘lga kiritilgan ustunlikni Grossning foli tufayli saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi, u darvoza yaqinida Klyayndinstni yiqitdi. Ikkinchidan, qo‘shimcha daqiqalarda Girassining zarbasidan keyin to‘p darvoza ustuni yonidan bir necha santimetr masofada o‘tib ketdi. Boshqa tomondan, hisob 1:1 ekanida tarozi pallasi gladbahliklar tomon og‘ishi ham mumkin edi, ammo Kobel Xakning zarbasidan keyin to‘pni to‘singa yo‘naltirib yubordi.
Kun statistikasi
Mavzuga oid
12:33
Husanovning «o‘g‘irlangan» goli va Londonda tennischa hisob. Kun o‘yinlari
12:02 / 22.12.2024
«Barsa»da inqiroz, «Siti»da antirekord. Kun o‘yinlari
11:12 / 19.12.2024
«Real»da yangi sovrin, «Arsenal»ga hakamlar yordam berdi, Shomurodov gol urdi
12:24 / 16.12.2024