Suriya armiyasi AQShning ehtimoliy hujumiga tayyorlanmoqda
Suriya hukumati armiyasi AQSh hujum qilishi haqidagi xabarlar ortidan mamlakatdagi asosiy aeroportlar, harbiy va aviabazalarni bo‘shatmoqda. Bu haqda Le Figaro nashri Suriyada inson huquqlariga rioya etilishini kuzatuvchi kengash vakillariga asoslanib xabar bergan.
«Suriyaliklar bugun yirik aviabazalarini ko‘chirishga kirishdi», — degan Yaqin Sharq bo‘yicha ekspert Le Figaro muxbiri bilan suhbatda.
Nashrning yozishicha, birinchi bo‘lib Damashqdan uzoq bo‘lmagan hududdagi Dumayr aviabazasida evakuatsiya ishlari olib borilgan. Bunday ishlar Suriya armiyasi shtabining barcha hududiy shtablarida olib borilmoqda.
Figaro nashrining BMTdagi axborot manbasi ishonch bilan tasdiqlashicha, suriyaliklarning harbiy samolyotlari Xmeymim aviabazasiga ko‘chirilmoqda. «Suriyaliklar o‘zlarining zamonaviy qurollarini xavfsizroq joyga yashirishga urinishmoqda», — degan nashr suhbatdoshi.
Bugun AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterdagi sahifasida AQSh Suriyaga yangi qurollar bilan zarba berishi haqida yozib, Rossiyani bunga tayyor turishga chaqirdi. U AQSh va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar sovuq urush vaqtidan ham yomonroq ekanini ma'lum qildi.
«Rossiya Suriyaga yo‘llangan barcha raketalarni hech qanday istisnosiz urib tushirishga va'da berdi. Tayyor turing, chunki yaxshi, yangi va yuqori texnologiyali raketalar ko‘p bo‘ladi. O‘z xalqini zaharlayotgan va bu ishni mamnuniyat bilan qilayotgan hayvonni qo‘llab-quvvatlash kerak emas», — degandi Tramp.
Vashingtondagilar Suriya hukumatini 9 aprel kuni Sharqiy G‘utada tinch aholi vakillariga kimyoviy hujum uyushtirganlikda ayblamoqda. Suriya tomoni bu ayblovlarni rad etmoqda.
Bundan avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiyaning harbiy samolyotlari joylashtirilgan Xmeymim aviabazasi hamda Tartusdagi rus flot hujumlar nishoni bo‘lmasligiga ishontirgandi. U shuningdek, Suriya ittifoqchilariga hujum qilinmasligini, nishonda faqat suriyaliklarning kimyoviy obektlari turishini ta'kidlagan.
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
22:22 / 23.12.2024
Rossiyaning Suriyadagi bazalari: ular yopilsa, nima bo‘ladi?
17:10 / 23.12.2024
Bashar Asadning rafiqasi ajrashishga ariza berdi - Haberturk
00:45 / 23.12.2024