Light | 22:36 / 12.04.2018
28540
2 daqiqa o‘qiladi

Yuriy Gagarindan 10 ta hayotiy o‘git

Foto: russian7.ru

12 aprel ko‘plab davlatlarda Kosmonavtika kuni – insoniyatning koinotga ilk parvoziga bag‘ishlangan bayram sifatida nishonlanadi. 57 yil avval fazogir Yuriy Gagarin tarixga kirgan parvozni “Vostok-1” koinot kemasida bajargan. Shu munosabat bilan koinotga birinchi bo‘lib parvoz qilgan inson aytgan yorqin so‘zlarni keltiramiz.  

“Bolaligimdayoq V.P.Chkalovning “Agar bo‘lishing kerak bo‘lsa, birinchi bo‘l”, degan so‘zlarini o‘qigandim. Mana, birinchi bo‘lishga harakat qilmoqdaman va oxirigacha shunday bo‘ladi”.

“Bu mening shaxsiy shon-shuhratim emas. Bir o‘zim koinotga ucha olarmidim? Bu xalqimiz shon-shuhrati”.

“Kemada Yer atrofini aylanib chiqqach, sayyoramiz qanchalik go‘zalligini ko‘rdim. Odamlar, keling bu go‘zallikni barbod qilmay, uni saqlab, yanada ko‘paytiraylik”.

“O‘z kasbingni yoqtirganingda, yaxshi ishlaysan, u bilan astoydil mashg‘ul bo‘lasan”.

“Istalgan sportchi qanchalik mohir bo‘lmasin, qandaydir mutaxassislikka ega bo‘lishi va ishlab chiqarish mehnati bilan shug‘ullanishi kerak. Odam sport uchun emas, sport odam uchun!”.

“Hayot koinotni qandaydir supermenlar emas, balki oddiy odamlar zabt etishini ko‘rsatmoqda”.

“Barcha zamonlar va davrlarda odamlar uchun yangi kashfiyotlarda ishtirok etish oliy baxt bo‘lgan”.

“Koinotda birinchi bo‘lish, tabiat bilan birga-bir misli ko‘rilmagan olishuvga kirishish – bundan ham ortiqrog‘ini orzu qilish mumkinmi?”

“Odamdagi asosiy kuch – iroda kuchidir.

“Asosiysi oliy ta'lim emas, balki oliy tafakkur”

“Izohlar yo‘q. Birinchi bo‘ling!”

Mavzuga oid