Fan-texnika | 12:26 / 13.04.2018
12701
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Qanday qilib va nima uchun «Beeline» «USENET»ni qo‘llab quvvatlaydi?

Foto: USENET-2018

Markaziy Osiyoda birinchi «USENET» digital-konferensiyasi an'anaga ko‘ra 2018 yilning 27 aprel kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Beeline O‘zbekiston uch yildan buyon ushbu tadbirning bosh homiysi bo‘lib kelmoqda.

Kompaniya qanday tarzda va nima uchun ushbu loyihani qo‘llab quvvatlashi va «Usenet2018»da u nimani taqdim qilishini «Beeline»dan so‘radik.

Bugungi kunda «USENET» maydonchasi yilning eng ommaviy trendlarini muhokama qilish uchun digital, marketing, kontent va IT sohasidagi 1000 dan ortiq mutaxassis va ekspertlarni yig‘adigan maydonchadir. Ayni damda ushbu maydoncha dialog olib borish uchun va ushbu sohalarning barchasini raqamli maydonda rivojlantirishga qaratilgan yagona maydoncha hisoblanadi.

Eng yirik telekomunikatsion kompaniya uchun «USENET» nafaqat muhokama qilish maydonchasi hisoblanadi. Abonentlar soni 10 millionga yaqinlashgan aloqa operatori o‘zini trendlar paydo bo‘lishini diqqat bilan kuzatuvchi va innovatsiyalarni yaratuvchisi sifatida namoyon etmoqda.

Hozirgi davrda barcha TelCo – soha tranformatsiya jarayonini boshdan kechirmoqda, va abonent bilan birga yanada chuqurroq onlaynga kirib ketmoqda. Ushbu tendensiya butun jahonda juda yorqin namoyish bo‘lmoqda va kuzatilmoqda, shunga qaramasdan abonentlarning aksariyati hanuzgacha ovozi qo‘ng‘iroqlarni afzal ko‘rishadi, mobil internet, digital-mahsulotlar va data–trafik foydalanuvchilari yildan yilga dinamik ravishda oshib bormoqda. Aynan shuning uchun ham mobil operatorlar – bozorning trendsetterlari – hozirdan onlayn –auditoriyani jalb qilishga va digital-mahsulotarni yaratishga va ushbu foydalanuvchilar guruhi uchun yechimlarni topishga o‘z diqqatini qaratgan.

Joriy yilda «USENET» doirasida «Beeline» kompaniyasi ishtirokchilarga mavjud digital-mahsulotlarini va innovatsion yechimlarini taqdim qilmoqda. Kompaniya ma'ruzachilari qanday qilib va nima sababdan «Beeline» yangi xizmatlarni ishga tushirayotganini va onlayn-makonda abonentlar bilan aloqa nuqtalarini va qaysi yo‘nalishda uyali aloqa operatorini yurgizish haqida batafsil gapirib beradilar. Bozordagi hamkasblari bilan birgalikda, mobil aloqa operatorlari mutaxassislari keng auditoriyaga yangi innovatsion yechimlarni e'lon qiladilar va nima uchun “Beeline“ga «Beepul» o‘z to‘lov xizmati kerak ekanligini tushuntiradilar. 

«USENET»da bu yili taqdim etilgan spikerlar va mavzular to‘g‘risidagi batafsil ma'lumot http://www.usenet.uz rasmiy saytida taqdim qilingan. Eslatib o‘tamiz,quyidagi mavzular ushbu yildagi konferensiya markazidadir – blokcheyn va kriptovalyutalar, kontent va internet-marketing.

- USENET – bu turli mamlakatlardan yig‘ilgan o‘z kasbining mutaxassislari bo‘lgan ekspertlar muloqoti uchun mo‘ljallangan eng obro‘li maydonchalaridan biridir. Har yili ushbu tadbirda dunyoning turli chekkasidan turli kompaniyalar vakillari yig‘ilishi – ushbu konferensiyaning qay darajada dolzarbligi, zamonaviyligi va ahamiyatliligini bildiruvchi ko‘rsatkichdir. Ushbu maydoncha bizning yordamimizda o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirayotgani va mamlakatning digital-industriyasida trendlar yetakchisi sifatida faoliyat yuritayotgani bizni juda quvontiradi. Ayniqsa konferensiya ekspertizasi darajasi oshib borayotgani juda quvontiradi: tashkilotchilar yildan yilga, ishtirok etishni istovchilar geometrik ravishda ko‘payib borayotganiga qaramasdan hamkorlarni va spikerlarni tanlash masalasiga juda jiddiy yondashmoqdalar. Biz doimo qo‘limizni pulsda ushlab turishga harakat qilmiz, bozor innovatsiyalari va trendlarini doimo kuzatib boramiz, va o‘zimiz tomonimizdan uning rivojlanishiga har tomonlama hissa qo‘shishga tayyormiz, – dedi «Beeline Uzbekistan» kompaniyasining bosh direktori Dmitriy Shukov.

Konferentsiyaga bilet olish uchun Telegram-kanali: https://t.me/usenet18 ga yozilish yoki tadbirning rasmiy saytida ro‘yxatdan o‘tish lozim.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid