Jahon | 20:38 / 13.04.2018
27484
2 daqiqa o‘qiladi

Sud Telegram’ni zudlik bilan bloklash kerakligining sababini tushuntirdi

Foto: Depositphotos / ulyana_andreeva

Telegram messenjerini Rossiya hududida zudlik bilan bloklash kerak, chunki undan foydalanish “shaxsiy ma'lumotlar sub'yektlari konstitutsion huquqlarining sezilarli qoidabuzarliklari”ga olib kelishi mumkin. Bu haqda Moskva sudi qarorida aytilgan.

Chiqarilgan hukmda aytilishicha, dastur “ommaviy va shaxsiy manfaatlarga sezilarli ziyon yetkazishi mumkin”, kompaniyaning o‘zi esa davlat idoralariga axborot taqdim qilish bo‘yicha “qonunda ko‘zda tutilgan majburiyatini bajarishi lozim”.

Sudning ta'kidlashicha, himoya tomoni xabarlarni rasshifrovka qilish uchun kalitlarni berishning texnik nuqtai nazardan ilojsizligining isbotlarini taqdim qilmagan.

Avvalroq sud  Roskomnadzorning messenjerni bloklash arznomasini qondirgan. Bu Telegram’ning Federal xavfsizlik xizmatiga shifrovkalash kodlarini taqdim qilishdan bosh tortishi bilan bog‘langan.

Telegram huquqshunoslari sud jarayoniga kelishmagan. Advokatlarning aytishicha, jarayonga tayyorlanish vaqtida sudya “protsessual qoidabuzarliklar”ga yo‘l qo‘ygan. Ularning aytishicha, kompaniyaga Roskomnadzorning arznomasi bilan tanishishga imkon berilmagan va shu tariqa ular e'tiroz bildirish imkoniyatidan mahrum etilganlar.

Mavzuga oid