Temir yo‘lda tashishni litsenziyalash tartibi o‘zgartirildi
Vazirlar Mahkamasining 9.04.2018 yildagi 278-son qarori bilan mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalashning yangilangan tartibi tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.
Nizomning yangi tahriridagi (oldingisi 2003 yildan amal qilgan) asosiy o‘zgartirishlar ko‘rib chiqiladi.
Birinchidan, ilgari litsenziya berish to‘g‘risidagi qarorni Aviatsiya va temir yo‘l transporti sohasidagi faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining komissiyasi qabul qilgan, Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (bundan keyin – O‘zdavtemiryo‘lnazorat) uning ishchi organi bo‘lgan. Hozir temir yo‘lda tashishni litsenziyalashga doir barcha funksiyalar to‘liq O‘zdavtemiryo‘lnazorat inspeksiyasiga topshirildi, yuqorida tilga olingan komissiya esa aviatsiya transporti faoliyatini litsenziyalash bilan shug‘ullanadi.
Ikkinchidan, temir yo‘lda tashish faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilot harakat xavfsizligini ta'minlashga mas'ul bo‘lgan mansabdor shaxsni shtatga qabul qilishi shart. Bu – qo‘shimcha joriy etilgan litsenziya talabi. Bunday xodim temir yo‘lda tashishlar xavfsizligini ta'minlash sohasida texnik tartibga solish, temir yo‘l transportining harakatlanuvchi tarkibi, obektlari va texnik vositalarini saqlash, ta'mirlash, ularga xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanish sohasidagi NHH va normativ hujjatlarni bilish bo‘yicha attestatsiyadan o‘tishi kerak.
Uchinchidan, litsenziya olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati o‘zgardi. Yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi endi kerak emas, biroq tashish jarayoniga jalb qilingan rahbar xodimlar va mutaxassislarning ro‘yxati, shuningdek tashishga mas'ul shaxslarni tayinlash to‘g‘risida rahbarning buyrug‘idan nusxani taqdim etish zarur.
To‘rtinchidan, harakatlanuvchi tarkibning soni ko‘payganda qo‘shimcha davlat boji undirish sharti bekor qilindi. Quyidagi jadvalda litsenziyalarni berganlik uchun davlat bojining belgilangan miqdorlari ko‘rsatilgan.
Davlat boji har yili teng ulushlarda litsenziyaning 5 yillik amal qilish muddati davomida to‘lanishi mumkin. Bunda navbatdagi yillik to‘lov litsenziyadan foydalaniladigan navbatdagi yil boshlanishidan kamida 30 kun oldin to‘lanadi. Belgilangan muddatda to‘lanmagan taqdirda litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turiladi.
Hujjat 9.04.2018 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
16:15 / 18.12.2024
Kripto-aktivlar faoliyatini litsenziyalash narxlari belgilandi
21:32 / 27.11.2024
Tovarni bojxona muhri ostida tashishga ruxsat berish guvohnomasini olish raqamlashtiriladi
18:23 / 21.11.2024
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
20:41 / 24.09.2024