Turizmning dunyo mamlakatlari YaIMidagi ulushi: O‘zbekiston eng past ko‘rsatkichlilar orasida
Turizm va sayohat bo‘yicha xalqaro kengash (WTTC) ekspertlari Maldiv orollarini turizmga eng bog‘lanib qolgan mamlakat sifatida tan olgan. Orollardan iborat ushbu mamlakatda 2017 yil yakunlariga ko‘ra, turizm sohasining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 39,6 foizni tashkil etadi. Bu haqda Rossiya turoperatorlari rasmiy sayti ma'lum qilmoqda.
Umuman olganda, aynan orollardan iborat ekzotik mamlakatlarning iqtisodiyoti turizmga bog‘liq. Masalan, Seyshel orollarining YaIMiga sayohatchilarning qo‘shgan ulushi — 26,4 foizni, Bahama orollarida — 19 foizni, Sent-Lyusiyada — 15 foizni tashkil etadi.
Yevropada turizmga hammadan ko‘proq bog‘lanib qolgan davlatlar Malta (YaIMning 14,2 foizi), Chernogoriya (11 foiz) va Xorvatiya (10,9 foiz) sanaladi.
O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra turizmga bog‘lanib qolmagan davlatlar o‘nligidan Kongo, Papua – Yangi Gvineya, O‘zbekiston va Moldova kabi davlatlar o‘rin olgan. O‘zbekistonning YaIMida turizmdan keladigan daromad 0,93 foizni tashkil etgan xolos.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov mamlakat yalpi ichki mahsulotida turizm ulushini yaqin yillar ichida 5 foizga ko‘tarish vazifasi qo‘yilganini aytib o‘tgan edi.
Mavzuga oid
20:15 / 26.12.2024
Mirziyoyev: YeOII davlatlari fuqarolariga ichki hujjatlari bilan O‘zbekistonga kirish imkonini berishga tayyormiz
16:12 / 25.12.2024
2025 yil uchun Davlat budjeti tasdiqlandi
22:53 / 16.12.2024
Emin Agalarov Chorvoq bo‘yida Sea Breeze Uzbekistan turistik markazini qurmoqchi
18:14 / 16.12.2024