Erdo‘g‘an Suriya haqida: to‘g‘ri deb hisoblaymiz
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning ma'lum qilishicha, Anqara AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiyaning Suriya hududiga zarbalarini ijobiy baholaydi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya tomoni Suriyadagi vaziyatni kuzatib bordi hamda g‘arb davlatlari xatti-harakatini to‘g‘ri deb hisoblaydi, sababi kimyoviy hujumni jazosiz qoldirish kerak emas.
«Suriyadagi rejim so‘nggi vaqtlarda muxolifatga barcha yo‘llar bilan hujum boshladi. U nafaqat kimyoviy, balki oddiy qurol bilan ham odamlarni o‘ldirmoqda. Oddiy qurol tufayli kimyoviyga qaraganda ko‘proq insonlar halok bo‘lyapti. Suriyada tinchlik va xotirjamlik uchun xalq bir pozitsiyani egallashi hamda rejim, IShID va boshqa terrorchilarga qarshi turishi kerak», - deya ma'lum qildi Erdo‘g‘an.
Shuningdek uning ta'kidlashicha, Turkiya tomoni Rossiya-Amerika munosabatlaridagi keskinlikni pasaytirish tarafdori.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya g‘arb davlatlarining Suriyadagi harbiy amaliyotini maqtagandi.
Mavzuga oid
22:22 / 23.12.2024
Rossiyaning Suriyadagi bazalari: ular yopilsa, nima bo‘ladi?
17:10 / 23.12.2024
Bashar Asadning rafiqasi ajrashishga ariza berdi - Haberturk
00:45 / 23.12.2024
Turkiya TIV rahbari Suriyaga qarshi sanksiyalarni tezroq bekor qilishga chaqirdi
21:04 / 22.12.2024