Moskva Damashqni avvaldan ogohlantirgan
Suriya hukumati AQSh, Britaniya va Fransiya raketa zarbalari nishoniga aylangan harbiy obektlarni avvaldan evakuatsiya qilishga ulgurgan. Bu haqda Reuters Damashqni qo‘llab-quvvatlovchi mintaqaviy alyansdagi manbaga asosan xabar qilmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, evakuatsiya ishlarini amalga oshirish lozimligi haqidagi ogohlantiruv Rossiya tomonidan berilgan.
«Biz zarbani tutib oldik... Bizga zarbalar yaqin vaqt ichida berilishi haqida Rossiyadan dastlabki ogohlantirish kelib tushdi va harbiy bazalar bir necha kun avval evakuatsiya qilindi», - deya aytib o‘tdi manba.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Jozef Danford Suriyaga zarbalar seriyasi yakunlangani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
17:05
AQShda so‘nggi 4 yilda 749 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
15:04
Davlat departamenti AQSh fuqarolarini Belarusni zudlik bilan tark etishga chaqirdi
12:27
O‘zi ovqatlantirib, o‘zi tozalaydi: qushlar uchun aqlli qafas taqdim etildi
22:22 / 23.12.2024