Jahon | 09:36 / 16.04.2018
34043
1 daqiqa o‘qiladi
«Rossiyaga qarshi gibridli urushda butun dunyo bizdan o‘rganishi kerak» - Avakov
Ukraina IIV rahbari Arsen Avakovning aytishicha, Ukraina butun dunyoga Rossiyaga gibridli urushda qarshilik ko‘rsatish bo‘yicha dars o‘tishi mumkin. Bu haqda mahkama rasmiy saytida xabar berilgan.
«Biz ko‘plab ilg‘or mamlakatlar tajribasini o‘zimizga qabul qilishga tayyormiz, biroq Rossiya tomonidan olib boriluvchi gibridli urush masalasida butun dunyo bizdan o‘rganishi kerak», - deya ma'lum qilgan Avakov.
Ta'kidlanishicha, vazir AQShga besh kunlik amaliy tashrifidan avval shunday bayonot bergan. U Qo‘shma Shtatlarda Davlat departamenti va FTB vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko Rossiyaning «zaif tomoni» haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
18:35
Asirlikdagi KXDR harbiylari katta yo‘qotishga uchrashganini aytishdi
16:58
Frontdagi vaziyat: Toretsk ham ruslar qo‘liga o‘tmoqda, Konstantinovkaga xavf yaqinlashmoqda
10:14
Foto: Kiyevga yetkazilgan shimoliy koreyalik asirlar
22:05 / 11.01.2025