Fan-texnika | 16:35 / 16.04.2018
17949
2 daqiqa o‘qiladi

Telegram yuristlari bayonot berdi

Telegram advokatlari jamoasi FXX va Roskomnadzor bilan kelishmovchilikda messenjer yaratuvchi Pavel Durov tomonidan qo‘yilgan minimal vazifani bajardi. Bu haqda dushanba kuni, Rossiyada servis bloklana boshlanganidan so‘ng, Telegram manfaatlarini himoya qiluvchi vakillardan biri Pavel Chikov aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Durov, 2017 yilning oktabrida messenjer manfaatlarini himoya qilish ishini huquqshunoslarga topshirib, minimal vazifani qo‘ygan – bloklash haqidagi qarorni hech bo‘lmasa 2017 yil oxirigacha kechiktirish.

«Nima bo‘lgan taqdirda ham, bloklash olti oyga kechiktirildi, FXXning birinchi so‘rovi yuborilganiga esa to‘qqiz oy o‘tdi. OAVda vaziyat haqida o‘n minglab xabarlar paydo bo‘ldi. Xususiy yozishmalar daxlsizligi masalasi kun tartibiga kirdi, - deya yozgan Chikov o‘zining Telegram-kanalida. - Ishimizning dastlabki bosqichi yakunlandi deb hisoblaymiz, biroq oldimizda hali ko‘plab muhim qadamlar turibdi; hech kim rivojlanishni to‘xtata olmaydi».

Advokatning qo‘shimcha qilishicha, hozirgi paytda Taganskiy sudining bloklash haqidagi qaroriga qarshi shikoyat tayyorlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Telegram’ni Rossiyada bloklay boshlashgani xabar berilgandi.

 

Mavzuga oid