Qirg‘iziston parlamenti hukumatga ishonchsizlik votumi bildirdi
Qirg‘iziston parlamenti deputatlari bosh vazir Sapar Isakov boshchiligidagi hukumatga ishonchsizlik votumi bildirdi.
«Interfaks» agentligi xabariga ko‘ra, parlament yig‘ilishi vaqtida 101 nafar deputat 2017 yil avgustida tayinlangan hukumatga ishonchsizlik bildirgan, faqat 5 kishi joriy hukumatni yoqlagan.
Hukumatga ishonchsizlikni ifoda etish tashabbusi qirg‘iz parlamentining 40 nafardan ortiq deputati (jami 120 deputat) tomonidan ilgari surilgan. Bu esa ushbu mavzuni parlamentda muhokamaga qo‘yish uchun yetarli bo‘ldi. Payshanba kuni parlamentning Konstitutsion qonunchilik qo‘mitasi deputatlarning ushbu tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.
Muxolifatdagi «Onuguu-Progress» fraksiyasi deputati Isxak Masaliyevning aytishicha, hukumatga ishonchsizlik bildirilishi Isakovning avtomatik iste'fosini anglatmaydi.
«Bundan keyingi so‘zni prezident aytadi - u parlamentning qarorini qo‘llab-quvvatlashi ham, aksincha bo‘lishi ham mumkin. Lekin men Sooronbay Jeenbekov hukumatni iste'foga chiqarishini istardim», degan Masaliyev.
U Qirg‘iziston prezidenti bu borada qaror qabul qilishi uchun qancha vaqt talab etilishiga aniqlik kiritmagan. U hukumat iste'fosi bugunning o‘zidayoq ro‘y berishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan.
«Endi ko‘p ish parlamentda ko‘pchilikni jamlagan koalitsiya harakatiga bog‘liq - yoki birlikni saqlab qolib, yangi bosh vazir nomzodini ilgari suradi, yoki parchalanadi. Yangi koalitsiya va hukumat shakllanishi uchun vaqt kerak bo‘ladi», deya qo‘shimcha qilgan parlamentariy.
«Qirg‘iziston parlamenti birinchi marta hukumatga ishonchsizlik bildirmoqda. Bunga Vazirlar Mahkamasi muxolifat tomonidan qator loyihalarni amalga oshirishda muvaffaqiyatsizlikka uchraganlikda ayblangani sabab bo‘lmoqda», degan agentlik suhbatdoshi.
Isakov hukumatiga ishonchsizlik bildirish masalasi parlament fraksiyasidagi ikki partiya - «Respublika — Ata Jurt» va «Ata Meken» partiyalari tomonidan ko‘tarildi.
16 aprel kuni qo‘shma yig‘ilishda «Onuguu-Progress», «Ata Meken» va «Respublika — Ata Jurt» parlamentdagi fraksiyalari hukumatning 2017 yil uchun ish hisobotini qoniqarsiz deb topgandi.
Mavzuga oid
18:02 / 23.12.2024
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi
17:23 / 21.12.2024
Sadir Japarov Yevroparlamentni Qirg‘iziston siyosatiga aralashmaslikka chaqirdi
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
17:37 / 20.12.2024