O‘zbekiston | 09:11 / 21.04.2018
8974
4 daqiqa o‘qiladi

Toshkent davlat agrar universiteti delegatsiyasi Rossiya oliygohlarida bo‘ldi

Rossiya Federatsiyasining qishloq xo‘jaligi oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash va ularning tajribasini O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi oliy ta'lim muassasalarida joriy etish maqsadida Toshkent davlat agrar universiteti rektori B.Sulaymonov boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasiga 13-19 aprel kunlari tashrif buyurdi.

Delegatsiya Volgograd, Saratov, Qozon, Kuban, Stavropol va K.A.Timiryazev nomli Rossiya davlat agrar universitetlarida bo‘ldi.

Foto: Toshkent davlat agrar universiteti
Foto: Toshkent davlat agrar universiteti
Foto: Toshkent davlat agrar universiteti

Delegatsiya tashrifi davomida universitetlarning qabul tizimi, davlat ta'lim standartlari, o‘quv rejalari, professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish tizimini batafsil o‘rgandi.

Tashrif davomida Rossiya Federatsiyasining va O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 9 ta “Anglashuv memorandumi” va 5 ta “Yo‘l xaritasi” imzolandi.

Imzolangan hujjatlar doirasida quyidagi natijalarga erishildi:

  1. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi oliy ta'lim muassasalaridan jami 130 nafar talabaning turli yo‘nalishlar bo‘yicha ishlab chiqarish amaliyotlarini Rossiya Federatsiyasining ushbu qishloq xo‘jaligi oliy ta'lim muassasalari bazalarida o‘tkazishi kelishildi.
  2. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi oliy ta'lim muassasalaridan, jami 45 nafar professor-o‘qituvchini Rossiya Federatsiyasining ushbu qishloq xo‘jaligi universitetlarida malakasini oshirishi rejalashtirildi.
  3. Rossiya Federatsiyasining ushbu qishloq xo‘jaligi oliy ta'lim muassasalarining yuqori malakali pedagog xodimlarini 28 nafari bilan shartnomalar imzolandi hamda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi oliy ta'lim muassasalarida maxsus fanlardan ma'ruza o‘qishlari kelishildi.
  4. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi oliy ta'lim muassasalarining jami 10 nafar bitiruvchi talabani tor magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha Rossiya Federatsiyasining ushbu qishloq xo‘jaligi oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga yuborilishi rejalashtirildi.
  5. Ushbu Rossiya qishloq xo‘jaligi oliy ta'lim muassasalarining yetakchi professor-o‘qituvchilari ishtirokida onlayn ma'ruza va vibinarlar tashkil etish, adabiyotlar fondidan foydalanish maqsadida axborot-resurs markazlari bilan elektron almashinuvni joriy etish, tor ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy loyihalarni ishlab chiqish hamda olib borish, ilmiy-tadqiqot ishlarning natijalarini “impakt-faktor”ga ega bo‘lgan ilmiy jurnallarda hamkorlikda chop etishga kelishildi.
  6. Rossiya Federatsiyasi ushbu qishloq xo‘jaligi oliy ta'lim muassasalari bilan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama diplom berish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish rejalashtirildi.
  7. Rossiya Federatsiyasi ushbu qishloq xo‘jaligi oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan 100 ga yaqin talabaning O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi oliy ta'lim muassasalari bazalarida va kadrlar iste'molchilari hisoblangan korxona va tashkilotlarda ishga joylashtirishga ko‘maklashishga kelishildi.
Foto: Toshkent davlat agrar universiteti
Foto: Toshkent davlat agrar universiteti
Foto: Toshkent davlat agrar universiteti
Foto: Toshkent davlat agrar universiteti

Mavzuga oid