Telegram’ga qo‘yilgan to‘siqni qanday aylanib o‘tish mumkin?
Roskomnadzor Telegram’ni bloklashni boshlaganidan so‘ng, messenjerga ko‘nikib qolgan ko‘pgina foydalanuvchilar qanday qilib bu to‘siqlarni chetlab o‘tish haqida o‘ylab qolishdi. Buni amalga oshirishning ko‘plab usullari mavjud. Bugun e'tiboringizga oddiy foydalanuvchi uchun ham qiyin bo‘lmaydigan usulni taqdim etamiz.
Windows operatsion tizimida
Buning uchun bizga istalgan OpenVPN serverining dasturi kerak bo‘ladi. Uni quyidagi havola orqali ko‘chirib olishingiz mumkin:
Windows: OpenVPN Windows Installer
So‘ngra ushbu havola orqali istalgan mamlakatdagi VPN-server sozlamalarini ko‘chirib olish kerak bo‘ladi. Buning uchun “Poluchit dostup”ni bosasiz va UDP yoki TCP havolasini bosib, sozlamani ko‘chirib olasiz. Agarda brauzeringizda bannerlarni bloklaydigan kengaytmalar bo‘lsa, ularni o‘chirib turish kerak bo‘ladi. Shuningdek, VPN-serverga ulanishda muammolar yuzaga kelmasligi uchun sozlamalarni tez-tez yangilab turish kerak.
Telegram Rossiyada bloklangani sababli, Rossiyadan boshqa mamlakat sozlamalarini ko‘chirish kerak bo‘ladi.
Ko‘chirib olingan sozlamani ushbu manzilga saqlaysiz: C:\Program Files\OpenVPN\config.
Bu harakatlarni amalga oshirib bo‘lganingizdan so‘ng, ish stolida OpenVPN yorlig‘i paydo bo‘ladi. Unga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, “Svoystva”ni tanlaysiz.
So‘ngra “Sovmestimost” bo‘limiga o‘tib, “Vypolnyat etu programmu ot imeni administratora”, ya'ni dasturni administrator huquqlari bo‘yicha ishlashini ta'minlab, “Primenit” tugmasini bosasiz.
Endi VPN-serverga ulanish qoldi, xolos. Buning uchun kompyuterning “trey” (ko‘p hollarda o‘ng tomon quyi qism) idan OpenVPN dasturini topib, kerakli mamlakatdagi serverni tanlaymiz va “Podklyuchitsya”ni bosamiz.
Qisqa soniyalarda VPN-serverga ulanish tayyor bo‘ladi va shundan so‘ng Telegram’dan istalgancha foydalanish mumkin. Ulanish muvaffaqiyatli amalga oshsa, “trey”dagi dastur ikonkasi yashil rangga kiradi.
P.S.: Bu usulda internetdan foydalanganda trafik dastlab VPN-serverga, so‘ngra sizga kelgani sababli internet tezligi avvalgidek bo‘lmasligi mumkin.
Smartfonlarda esa VPN-serverga ulanish bundan ham oson. Buning uchun Google Play va App Store’da yetarlicha ilovalar bor.
Foydalanish uchun eng sodda ilovalardan biri – Turbo VPN. Undan foydalanish uchun ilovani ko‘chirib olib, (Google Play | App Store) "Ulanish" tugmasi bosilsa, kifoya.
Yana bir tavsiya etadigan ilovamiz – Hola. Uning ustunlik tomoni – har bir ilova uchun alohida VPN-server tanlash mumkin. (Google Play | App Store)
Mavzuga oid
18:26 / 23.12.2024
Telegram 2024 yilda 1 milliard dollar daromad qildi
09:33 / 20.12.2024
Roskomnadzor «YouTubeʼga qarshi choralar uchun asoslar»ni e’lon qildi
20:54 / 12.12.2024
Telegram 2024 yilda 15 milliondan ziyod kanal va guruhlarni blokladi
21:19 / 09.12.2024