O‘zbekiston | 16:15 / 24.04.2018
12537
4 daqiqa o‘qiladi

Islom Karimov fondining xorijda tahsil grantlari g‘oliblari e'lon qilindi

Islom Karimov nomidagi fond ta'sis etgan xorijda tahsil grantlarining navbatdagi g‘oliblari e'lon qilindi. Ular magistratura dasturi bo‘yicha chet el oliy o‘quv yurtlarida ta'lim olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Bu haqda fond asoschisi Lola Karimova-Tillayeva xabar berdi. Uning qayd etishicha, tanlov o‘tgan yil oktabrda e'lon qilingan bo‘lib, unda O‘zbekistondagi 39ta oliy o‘quv yurtining 320 nafardan ortiq bitiruvchisi ishtirok etdi. 

Tanlov yakuniga ko‘ra quyidagi yigit-qizlar fondning 2018 yilgi ta'lim grantlari sohibi bo‘ldi:

1. Shamsiddinxon Safoyev (Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bitiruvchisi).
2. Izzatjon Asadov (Toshkent shahridagi I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti filiali bitiruvchisi).
3. Muzaffar Maksumov (O‘zbekiston Milliy universiteti bitiruvchisi).
4. Dadaxon O‘rmonov (Farg‘ona davlat universiteti bitiruvchisi).
5. Nuriddin Burxonov (Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bitiruvchisi).
6. Axmadjon Islambekov (Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bitiruvchisi).
7. Axrorjon Abduqaxxorov (Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti bitiruvchisi).
8. Gulyuzbonu Ruziboyeva (Toshkent Arxitektura-qurilish instituti bitiruvchisi).
9. Aleksandra Kim (Milliy rassomlik va dizayn instituti bitiruvchisi).
10. Farxod Rixsiyev (Toshkent Arxitektura-qurilish instituti bitiruvchisi).
11. Stefaniya Abbasova (Milliy rassomlik va dizayn instituti bitiruvchisi).

Foto: Facebook /lola.karimova.tillyaeva
Foto: Facebook /lola.karimova.tillyaeva

Tanlov qayta tiklanuvchi energiya manbalari, kimyo, suv va yer resurslarini boshqarish, mashinasozlik texnologiyalari, oziq-ovqat texnologiyalari, oziq-ovqat xavfsizligi, mahsulot ishlab chiqarish va marketing, arxitektura, shaharsozlik, tarixiy obidalarni muhofaza etish va qayta tiklash, dizayn, mahsulot dizayni, sanoat va me'morchilik dizayni, rassomlik kabi 13 ta mutaxassislik bo‘yicha o‘tkazildi.

Hozirda chet el oliy o‘quv yurtlarida tanlov g‘oliblari mutaxassisliklariga mos bo‘lgan ta'lim yo‘nalishlarini tanlash jarayoni ketmoqda. 

“Islom Karimov fondi nomidan ikkinchi grant tanlovining barcha g‘oliblarini samimiy tabriklayman va o‘qishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolaman. Ular chet elning peshqadam oliy o‘quv yurtlarida ta'lim olib, kelajakda o‘z bilimi va iqtidori bilan Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shishlariga tilakdoshman”, - deyiladi Lola Karimova-Tillayeva xabarida.

Foto: Facebook /lola.karimova.tillyaeva
Foto: Facebook /lola.karimova.tillyaeva

Eslatib o‘tamiz, Islom Karimov nomidagi fond 2016 yil oktabrda Tatyana Karimova va Lola Karimova-Tillayeva tomonidan O‘zbekiston mustaqilligi asoschisi va birinchi prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish maqsadida tashkil etilgan. Yurtimiz va xorijdagi peshqadam universitetlarda tahsil uchun iqtidorli yoshlarga grantlar ajratish Fond faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

2017 yili Fondning ta'lim grantlari sohasidagi ilk loyihasi doirasida 12 nafar stipendiat Angalt amaliy fanlar universiteti, Duysburg, Essen, Rur va Frayburg universitetlari (Germaniya), Moskva me'morchilik maktabi hamda Turin politexnika universiteti (Italiya) kabi nufuzli chet el oliy o‘quv yurtlarida ikki yil davomida tahsil olish imkoniga ega bo‘ldi.

Mavzuga oid