Fan-texnika | 09:57 / 26.04.2018
7441
1 daqiqa o‘qiladi

Amsterdamda saqichlardan krossovkalar ishlab chiqarildi

Amsterdamda tag qismi saqichlardan tayyorlangan dunyodagi birinchi krossovka Gumshoe Amsterdam taqdim qilindi. Ushbu poyabzalni ishlab chiqarishda Amsterdam ko‘chalaridan  yig‘ilgan saqichlardan foydalanilgan.

Loyiha Iamsterdam marketing kompaniyasiga tegishli bo‘lib, u shu tariqa shaharning ifloslanishi muammosiga e'tibor qaratmoqchi bo‘lgan. Faollar ko‘chalardan saqichlarni yig‘ib, ularni poyabzal ishlab chiqaruvchi Explicit kompaniyasiga olib borishgan. Natijada tagcharmi presslangan saqichlardan tayyorlangan krossovkalar yaratishga muvaffaq bo‘lindi. Yaqin orada ushbu poyabzal savdoga chiqariladi. Hozircha u qancha turishi noma'lum.

Statistikaga ko‘ra, Niderlandiya poytaxti ko‘chalaridan har yili 1,5 mln kilogramm saqich yig‘iladi. Bu yerda saqichlar muammosi sigaret qoldiqlari muammosidan keyin 2-o‘rinda turadi. Ekologlar hisobotiga ko‘ra, saqich ancha uzoq – o‘rtacha 20-25 yilda yo‘q bo‘lib ketadi.

 

Mavzuga oid