Jahon | 17:55 / 27.04.2018
34873
3 daqiqa o‘qiladi

"Ajdarho" yo‘li: 8 yoshli yapon ikkinchi Bryus Li bo‘lish uchun kuniga 4 soatlab mashq qilmoqda

Foto: Instagram /ryuseiimai0416

Ryusei «Ryudzi» Imai — Bryus Lining Yaponiyada yashovchi 8 yoshli ashaddiy muxlisi. Bola yosh bo‘lishiga qaramay, kuniga 4 soatdan ko‘proq mashq qiladi, sevimli sportchi va aktyoriga taqlid qiladi, uning mushaklariga esa hatto katta yoshlilar ham havas qilishi mumkin. 

Bola haqida birinchi bo‘lib uch yil avval gapira boshlashdi, o‘shanda ijtimoiy tarmoqlarda kichik Ryudzi Bryus Lining "O‘lim o‘yini" filmidagi xatti-harakatlarini ko‘rsatib bergan video tarqalgan edi. Foydalanuvchilar kichik bolaning nunchaklarni kumiri kabi mahorat bilan o‘ynatishini ko‘rib ajablanishgan edi. "Kichik Bryus Li" haqida OAVda yoza boshlashdi, uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga esa minglab foydalanuvchilar yozila boshlashdi.

Shunday bo‘lsa-da, kutilmaganda kelgan mashhurlik bolani esankiratib qo‘ymadi. U jismoniy mashqlarni tashlab qo‘ymadi va sevimli aktyoriga taqlid qilishda davom etmoqda. Ryudzining otasi aytishicha, u har kuni soat 6:00 da uyqudan turib, maktabga ketishdan avval 1 yarim soat mashqlarga vaqt ajratadi. Maktabdan keyin bir soatcha yuguradi, keyin ikki soat davomida nunchaklar bilan mashq qiladi. Natijada kuniga 4 yarim soat vaqtini jismoniy mashqlarga bag‘ishlaydi. Shu bilan birga, otasi boshchiligida Ryudzi Bryus Li o‘ylab topgan Jit Kun-Do ("ilgarilovchi musht yo‘li") texnikasini o‘rganmoqda. 

Foto: Instagram /ryuseiimai0416
Foto: Instagram /ryuseiimai0416
Foto: Instagram /ryuseiimai0416
Foto: Instagram /ryuseiimai0416

Bola birinchi marta Bryus Li ishtirokidagi filmni 1 yoshligida ko‘rgan, 4 yoshga borib esa mashq qilishni va kumiriga taqlid qilishni boshlagan. 

Bugunga kelib u butun dunyodagi turli shoularda qatnashmoqda. Hozir uning Facebook sahifasiga a'zolar soni 300 mingga yaqin, Instagram'da esa - 34 ming. Bundan tashqari, uning YouTube'da o‘z kanali bor, ota-ona o‘g‘lining mashq jarayonlarida olingan videolarni kanalga joylab borishadi.

 

Mavzuga oid