Jahon | 20:17 / 02.05.2018
21439
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh sudi Eronga 11 sentabr teraktlari bo‘yicha ko‘p milliardlik tovon puli to‘lash majburiyatini qo‘ydi

Foto: AP/ Chao Soi Cheong

AQSh sudi Eron zimmasiga 2001 yil 11 sentabrdagi teraktlar qurbonlari yaqinlariga ko‘p milliard dollarlik tovon puli to‘lash majburiyatini qo‘ydi. Bu haqda The Hill nashri xabar berdi

Tovon puli miqdori u to‘lanayotgan odamlar qurbonlarning kimi ekanligiga qarab farqlanadi: marhumlarning turmush o‘rtog‘i yoki rafiqasiga 12,5 mln dollardan, ota-onalari va farzandlariga 8,5 mln dollardan, aka-uka va opa-singillariga 4,5 mln dollardan qilib belgilangan.

11 sentabrdagi teraktlarni tergov qilish bo‘yicha maxsus komissiya Eronning teraktlarga aloqadorligining isbotlarini aniqlay olmagan bo‘lsa-da, Nyu-York sudi hukmni chiqarish uchun Tehronning “Al-Qoida” terrorchilik guruhiga moddiy yordam ko‘rsatganini yetarli deb hisoblagan.

11 sentabrdagi teraktlar qurbonlari qarindoshlari 2004 yilda Eron hukumatiga qarshi da'vo arizasi topshirgandilar.

Nashrning ta'kidlashicha, Tehron AQSh sudi belgilagan pullarni to‘lashi dargumon. Shunga qaramay, sudning qarori qurbonlar yaqinlariga Eron fuqarolari va kompaniyalarining AQShdagi hisob raqamlaridan undiriladigan mablag‘larga umid qilishlariga imkon beradi.  

Mavzuga oid