O‘zbekiston | 12:34 / 02.05.2018
6440
1 daqiqa o‘qiladi
Qibray uchun issiqlik energiyasining yangi tarifi tasdiqlandi
O‘zbekiston Moliya vazirligi 2 may kuni Toshkent IESning poytaxt viloyati Qibray tumani uchun ishlab chiqarilayotgan issiqlik energiyasiga yangi tarifni tasdiqladi. U 2018 yil 17 maydan kuchga kiradi. Bu haqda Gazeta.uz xabar tarqatdi.
«Issiqlik manbai» korxonasidan tashqari, barcha iste'molchilar, jumladan ulgurji iste'molchi-qayta taqsimlovchilar uchun issiq suv va bug‘ uchun yangi tarif 1 Gkal uchun 66888 so‘m (joriy tarif — 62600 so‘m) etib belgilandi. «Issiqlik manbai» korxonasi uchun tarif – 1 Gkal uchun 63272 so‘m (hozirgi tarif – 57520 so‘m).
2 mayda tasdiqlangan yangi tariflar kuchga kirishi munosabati bilan 2017 yil 29 dekabrdagi tariflar o‘z kuchini yo‘qotadi.