Fan-texnika | 12:14 / 07.05.2018
4802
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyning eng yirik ijtimoiy tarmog‘ida “mish-mishlar”ga qarshi kurash olib borilmoqda

Foto: AFP/ Peter Parks

Xitoyning eng yirik WeChat ijtimoiy tarmog‘ida 2017 yilda “mish-mish” bo‘lgan 500 mlnga yaqin xabar bloklab qo‘yilgan. Bu haqda Xitoy sanoat va axborot texnologiyalari huzuridagi Telekommunikatsiya tadqiqotlari akademiyasi hisobotida ma'lum qilindi.

 “Hozirga kelib, mish-mishlarga qarshi kurashga 800 ta mutasaddi idoralar qo‘shildi. Ular 500 mlndan ko‘proq mish-mish xabarni aniqlab, bunday xabarlarning 40 ta ro‘yxatini chop etishgan, 180 mingdan ko‘proq rasmiy akkauntlarni jazolashgan”, deb aytilgan hisobotda.

Ta'kidlanishicha, 2017 yil dekabr oyi holatiga ko‘ra, bir milliardga yaqin foydalanuvchisi bo‘lgan WeChat’da “mish-mishlarni inkor etuvchi yordamchi” minidasturidan 19,7 mlndan ko‘proq obunachi foydalangan. Dastur kuniga o‘rtacha 300 ming marta ishga tushirilgan. 

Xitoyda oxirgi yillarda milliy OAV va internet-kompaniyalarga internetda tarqatilayotgan axborotning sifatini sinchkov kuzatish buyurilgan bir qator me'yoriy va mafkurafiy hujjatlar qabul qilingan. 

O‘tgan haftada Xitoy rahbari Si Tszinpin kiberxavfsizlikni to‘liq ta'minlamay turib, mamlakatda milliy xavfsizlik va iqtisodiy barqarorlikni kafolatlab bo‘lmasligini aytgan. 

Mavzuga oid