O‘zbekiston | 13:50 / 08.05.2018
35614
2 daqiqa o‘qiladi

General Sobir Rahimov haykali o‘zining tarixiy joyiga o‘rnatildi

Bugun general-mayor Sobir Rahimov haykalining tarixiy joyiga o‘rnatilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda faxriylar, yoshlar, Toshkent shahar hokimiyati vakillari, va generalni xotirlash uchun yig‘ilgan harbiylar ishtirok etgan. 

Avvalroq, General Sobir Rahimov haykali avvalgi joyiga qaytarilishi xabar berilgandi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi davomida o‘tkazilgan yig‘ilishda shu haqda aytgandi. “Mana, 9 may yaqinlashib kelyapti. Meni qiynab kelayotgan yana bitta masala bor. Shafqatsiz fashizm bilan kurashda urush maydonlarida qolib ketgan buyuk bobolarimiz bor. Shularni ichida birgina bo‘lgan general Sobir Rahimovning nomini eslamay ham qo‘ydik. Mana shu qahramon generalimizning haykalini tarix va adolat uchun tiklab qo‘ysak. Bu ish 9 maygacha amalga oshirilsa yaxshi bo‘lardi”, - degandi prezident.    

Mavzuga oid