Jamiyat | 19:17 / 08.05.2018
5008
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekekspertiza» o‘z telegram-botini ishga tushirdi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi huzuridagi «O‘zbekekspertiza» aksiyadorlik jamiyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy tovar nomenklaturasi asosida izlash dasturi va eksport-import sohasi vakillari uchun kerakli ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan Telegram-bot yo‘lga qo‘yildi. Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.

“Biz zamonaviy texnologiyalar orqali maqsadli auditoriyamiz bilan ishlash jarayonlarini takomillashtirmoqdamiz. Telegram-bot eksport va import uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonini yengillashtiradi. Mazkur bot bor-yo‘g‘i ikki klik orqali tovar nomenklaturasi asosida mahsulot klassifikatsiyasini topish, shuningdek «O‘zbekekspertiza» AJ faoliyati va xizmatlari haqida kerakli ma'lumot olish imkonini beradi”, - deya ta'kidlaydi aksiyadorlik jamiyati bosh direktori Ulug‘bek Abdug‘aniyev.

Ushbu Telegram-bot yordamida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishlari mumkin:

  • Tovar nomenklaturasi kodlari va nomlarini izlash uchun kerakli vaqtni qisqartirish;
  • «O‘zbekekspertiza» AJ vakillariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish;
  • «O‘zbekekspertiza» AJ xizmatlariga onlayn-arizalardan foydalanish.

Mazkur botdan foydalanish uchun Telegram messenjeri izlash qatorida  @uzbekexpertiza_bot nomini kiritish va botni “Start” buyrug‘i orqali ishga tushirish kifoya.

 

Mavzuga oid