Malayziya bosh vaziri amaldorlarga faqat gullar va yeguliklar sovg‘a qilishni aytdi
Malayziyaning yangi bosh vaziri Maxatxir Muhammad xalqni yangi hukumatning vazirlari va mansabdor shaxslariga faqat gullar va oziq-ovqat mahsulotlari sovg‘a qilishga chaqirdi. Bu haqda The Star nashri ma'lum qildi.
“Men koalitsiyamizni saylov kampaniyasi vaqtida xayr-ehsonlar bilan qo‘llab-quvvatlaganlardan minnatdorman. Biroq endi ehsonlar vaqti tugadi va men yangi hukumatga o‘z qo‘llab-quvvatlovini bildirmoqchi bo‘lganlarni vazirlar va amaldorlarga faqat gullar va oziq-ovqat mahsulotlari berishga chaqiraman”, deb aytgan bosh vazir.
“Biz boshidan yangi hukumatda korrupsiya bo‘lmasligiga ishonchimiz komil bo‘lishini istaymiz”, deb aytgan Muhammad.
Bosh vazir o‘zining nutqida korrupsiyani yo‘q qilish birinchi ahamiyatli vazifa ekanini ta'kidlab o‘tgan va “Aksilkorruptsion harakat” yaratilishini e'lon qildi. Uning vazifasi davlat apparatining barcha pog‘onalarida korrupsiya holatlariga qarshi kurashish bo‘ladi.
“Mamlakat qonun ustuvorligi orqali boshqarilishi lozim. Biz qonunlar egallagan mavqeiga qaramasdan, barcha uchun taalluqli bo‘lishi ortidan kuzatamiz”, deb aytgan Muhammad.
Mavzuga oid
21:30 / 30.12.2024
Telegram Malayziyada litsenziya olish uchun ariza berdi
19:09 / 20.12.2024
Malayziya 10 yil oldin yo‘qolgan MH370 reysini qidirish ishlarini qayta boshlashga qaror qildi
14:10 / 20.12.2024
Malayziya banki O‘zbekistonda o‘z filialini tashkil etishi mumkin
10:55 / 18.12.2024