Jahon | 09:09 / 16.05.2018
9193
1 daqiqa o‘qiladi
Falastin AQShdagi elchisini ortga chaqirtirib oldi
Falastin milliy ma'muriyati Vashingtondagi elchisini ortga chaqirtirib oldi. Bu AQSh elchixonasining Tel-Avivdan Al-Qudsga ko‘chirilishiga javoban amalga oshirildi.
Elchi 16 may kuni uyiga qaytadi. Vashingtonda diplomatning chaqirtirib olinishiga izoh berilmagan.
Bundan tashqari, Falastin yetakchisi Mahmud Abbos AQShning Al-Qudsdagi yangi elchixonasini “avanpost” deb atadi va elchixonaning ko‘chirilishini qoralagan barchaga minnatdorlik bildirdi.