Fotoreportaj: Inestani kuzatishdi
Andres Inesta «Barselona» safida oxirgi o‘yinini o‘tkazdi.
Inestaning «Barselona»dagi xayrlashuv uchrashuvi tribunadagi ulkan perfomans bilan boshlandi.
«Barsa» bu o‘yinda «Sosedad» ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi, g‘alaba goli Koutino tomonidan urildi, ammo o‘yin qahramoni Inesta edi.
Andres o‘yinning 81 daqiqasida almashtirildi, «Kamp Nou» futbolchini olqishlar bilan kuzatdi.
O‘yindan keyin Inesta sharafiga xayrlashuv marosimi tashkil etildi.
Jamoadoshlari unga chempionlik yo‘lagi qilishdi:
Bu uning «Barselona» safida qo‘lga kiritilgan oxirgi sovrini.
Ko‘z yoshlar
Inesta «Barselona» tizimiga 12 yoshida kelgan va u bu yerda 22 yilni o‘tkazdi. U «Barselona»ning asosiy jamoasida barcha turnirlar doirasida 674 o‘yin o‘tkazgan (undan ko‘proq faqat Xavi – 767) va 35 gol urgan. U «Barselona» bilan 9 marta Ispaniya chempioni bo‘lgan, 6 marta Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritgan va 4 marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan. Andres faoliyatini Yaponiyaning «Vissel Kobe» jamoasida davom ettirishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
12:02 / 22.12.2024
«Barsa»da inqiroz, «Siti»da antirekord. Kun o‘yinlari
12:24 / 16.12.2024
«Barsa» yana autsayderga yutqazdi, «Siti» kambek qurboni. Kun o‘yinlari
11:17 / 12.12.2024
«Siti» yana yutqazdi, «Barsa»da muhim g‘alaba. YeChLda kun o‘yinlari
12:04 / 08.12.2024