Sport | 22:07 / 24.05.2018
31407
2 daqiqa o‘qiladi

Ronaldino uylanmoqchi - bir yo‘la ikki qizga

Foto: Ed Sykes / Reuters

Braziliya matbuoti xabariga ko‘ra, terma jamoaning sobiq yulduzi Ronaldino shu yilning avgust oyida uylanadi. 

U Pristsilla Koelo… va Beatrisa Souza bilan turmush quradi. 

Gap shundaki, futbolchi 2016 yildan buyon, Rio shahridagi hashamatli uyida har ikkala ayol bilan fuqarolik nikohida yashamoqda. Ronaldino gapiga ko‘ra, u mahbubalariga mutlaqo bir xil munosabatda bo‘lyapti. Ularni xafa qilmaslik uchun bir xil sovg‘alarni taqdim qilib, bir xil mablag‘ ajratmoqda. Endi esa baxtiyor uchlik o‘z munosabatlarini rasmiy nikoh iplari bilan qonuniylashtirmoqchi.

Braziliyada ko‘pxotinlik rasman taqiqlangan va hozircha, Ronaldino qanday qilib qonundagi bu cheklovni «aylanib» o‘tmoqchi ekani ma'lum emas. Avvalroq, u respublikachilar partiyasi safida saylovlarda ishtirok etish haqida bir qarorga kelganini inobatga oladigan bo‘lsak, o‘z niyatini qanday amalga oshirmoqchi ekani yanada qiziq.

Ayni paytda, Ronaldino oilasi bunday tadbirga qarshilik qilib, uni fikridan qaytarishga urinmoqda. Pristsilla oilasi ham bunga qat'iy norozilik bildirgan. Biroq, sobiq yulduzning o‘ziga xos «qiliqlari» borligini inobatga olsak, uning qarori qat'iy ekaniga shubha yo‘q. Vaziyatni kuzatishda davom etamiz.

Mavzuga oid