Jamiyat | 10:13 / 26.05.2018
11356
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda «Pobeda» mashinasini olib ketib, pulini bermay yurgan shaxs ushlandi

Toshkent shahrining Sergeli tumanida jinoyat sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 2018 yil 14 aprel kuni Chilonzor tumanida yashovchi D.R. Birlik ko‘chasida yashovchi R.T.ga uning “Pobeda M20” rusumli avtomashinasini 1 500 AQSh dollariga sotib olishga kelishib, avtomashinani olib ketib, pullarni shu kunga qadar bermay yurganligi ma'lum bo‘lgan. 

Ko‘rilgan choralar natijasida D.R. ushlangan.

Mavzuga oid