O‘zbekiston | 13:15 / 28.05.2018
79775
2 daqiqa o‘qiladi

Mirziyoyevning mamlakat bo‘ylab tez-tez safarlari hukumat a'zolariga qanday ta'sir qilmoqda?

Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakat viloyatlariga tez-tez safar qilishi hukumat a'zolarini «ma'lum bir taranglikda» ushlab turibdi. Bu haqda O‘zbekiston iqtisodiyot vaziri Botir Xo‘jayev ma'lum qildi, deya xabar beradi Kun.uz muxbiri.

«Yaxshi bilasizlarki, prezident ikki haftada bir marta u yoki bu viloyatga tashrif buyurmoqda. Hukumat a'zolarining u yerdagi ishtiroki - O‘zbekistonni 2017-2021 yillarda rivojlantirish strategiyasini har kuni amalga oshirish bilan shug‘ullanishga imkon beradigan vosita, bularning hammasi qog‘ozda bo‘lishi kerak emas», - dedi Xo‘jayev Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi xalqaro konferensiyada.

Botir Xo‘jayev
Foto: Xalqaro Press-klub

Afsuski, «ko‘p narsalar amalga oshirilmay, qog‘ozda qolib ketgani bilan bog‘liq» davr bo‘ldi, deya tan oldi u.

«Prezident Mirziyoyevning bunday safarlari, o‘zgarishlarning ko‘pligi va tezkorligi barchamizni ma'lum bir taranglikda ushlab turibdi», - deya qayd etib o‘tdi vazir.

Xo‘jayev mamlakatni rivojlantirish strategiyasida belgilangan vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirilishiga umid bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Botir Xo‘jayev 15 trln so‘mlik yangi dastur haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid