JSST chekish tufayli har yili qancha odam hayotdan ko‘z yumishini ma'lum qildi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) saytida e'lon qilingan bayonotga ko‘ra, 2000 yildan beri tamaki iste'mol qilish darajasi sezilarli kamaydi, ammo natijalar odamlarning yurak-qon tomir va boshqa yuqumsiz kasalliklar tufayli hayotdan ko‘z yumish holatlarini kamaytirish bo‘yicha global maqsadlarga erishish uchun yetarli emas.
Tamakisiz xalqaro kun (31 mayda nishonlanadi) munosabati bilan e'lon qilingan yangi hisobotga ko‘ra, chekish tufayli dunyo bo‘ylab har yili taxminan 7 million kishi hayotdan ko‘z yumadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, 2000 yildan beri dunyodagi chekuvchilar soni 27 foizdan 20 foizgacha kamaygan. Biroq, tashkilotda qayd etilishicha, bunday sur'atlar 2025 yilga kelib chekuvchilar sonini 30 foizga kamaytirish uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin.
«Ko‘pchilik tamaki iste'mol qilish saraton xavfini oshirishini yaxshi biladi, ammo yurak-qon tomir kasalliklarning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan xatarlar haqidagi tushunchaning kamligi tashvishga sabab bo‘lmoqda», - deya qo‘shimcha qilingan JSST saytida.
Tashkilotdan eslatishlaricha, chekish yoki passiv chekish yurak-qon tomir kasalliklari, shuningdek, yurak xurujlari va insultlarning asosiy sababidir. Har yili bu kasalliklardan 3 million odam vafot etadi.
Mavzuga oid
18:07 / 22.12.2024
FT: AQSh Tramp prezidentligining birinchi kunida JSSTdan chiqishini e’lon qilishi mumkin
13:42 / 02.12.2024
Dunyoda 800 milliondan ortiq odam diabetdan azob chekadi - tadqiqot
19:15 / 15.11.2024
JSST: 2018 yildan beri dunyoda tibbiyot muassasalariga 7,4 mingdan ortiq hujum uyushtirildi
18:19 / 13.11.2024