O‘zbekiston | 18:35 / 01.06.2018
29265
2 daqiqa o‘qiladi

Paxtaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Foto: Paxtaobod tumani hokimligi

Bugun, 1 iyun kuni Andijon viloyati, Paxtaobod tumanida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya kun tartibida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

2017 yil 2 apreldan buyon tuman hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Farhodjon Hojimatov o‘z arizasiga ko‘ra, ishdan bo‘shatildi.

Tumanga Andijon viloyati qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining iqtisodiy  masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan  Mahmudjon Tursunovich Bozorov hokim etib tayinlandi. 

Ma'lumot o‘rnida: Mahmudjon Bozorov turli yillarda qishloq va suv xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritib kelgan. U bugunga qadar Andijon viloyati qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining iqtisodiy  masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, Andijon viloyati qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi iqtisodiy tahlil,  shartnomaviy munosabatlar, qishloq infrastrukturasi, fermer xo‘jaliklarini  rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i va boshqa turli lavozimlarda ishlab kelgan.

Mavzuga oid