Jamiyat | 11:26 / 02.06.2018
35948
1 daqiqa o‘qiladi

Sudlanganligi olib tashlangan shaxs ichki ishlar idoralariga ishga kirishi mumkinmi?

Foto: Kun.uz

Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq ba'zi toifadagi fuqarolar ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilinishi mumkin emas, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Ular quyidagilar: 

belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan;

ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari bo‘lgan;

boshqa davlat organlaridan salbiy sabablarga ko‘ra bo‘shatilgan;

sodir etgan jinoyati uchun muqaddam sudlangan (qo‘llanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugallangan yoki olib tashlangan va amnistiya akti qo‘llanilgandan qat'i nazar).

Mavzuga oid