Jahon | 16:41 / 05.06.2018
4889
2 daqiqa o‘qiladi

Tarixdagi birinchi: San-Frantsiskoda yangi mer saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

AQShning Kaliforniya shtatidagi San-Frantsisko shahrida seshanba kuni mer saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda kim g‘alaba qozonishidan qat'i nazar, bu inson - u ayol bo‘ladimi yoki erkakmi - u yoki bu “alohida jihati” bilan tarixga kiradi.

AQShdagi eng mashhur shaharlardan birining rahbari lavozimi uchun kurash sobiq mer London Brid, yurist va shahar ma'muri Jyeyn Kim, shuningdek, Kaliforniya shtati sobiq qonun chiqaruvchisi Mark Leno o‘rtasida kechmoqda.

G‘alabani Brid qo‘lga kiritishi taxmin qilinmoqda. Agarda bu ro‘y bersa, ushbu ayol San-Frantsisko meri etib saylangan birinchi afroamerikalikka aylanadi. AQSh uchun bu noyob holatga aylanmaydi - qora tanli ayollar AQSh poytaxti Vashingtonga, Baltimor (Merilend shtati) va Sharlott (Shimoliy Karolina) shaharlariga rahbarlik qilmoqda.

London Brid/Foto: thebolditalic

Kim g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, u asli kelib chiqishi Osiyolik bo‘lgan, AQShda mer lavozimini egallagan birinchi koreys ayolga aylanadi. 

Jyeyn Kim/Foto: thebolditalic

Leno saylansa, u AQShdagi o‘z noan'anaviy pozitsiyasi haqida oshkora gapiruvchi birinchi mer bo‘ladi.

Mark Leno/Foto: thebolditalic

Ikki ayol nomzoddan biri g‘alaba qozonsa, bu AQShda so‘nggi yillarda avj olgan jinslar tengligi bo‘yicha keng kampaniyaga mos tushadi. Tarixchilarning ta'kidlashicha, San-Frantsiskoda, AQShning liberal va demokratik markazida, mer lavozimini ayollar faqat ikki marta egallashgan. Shu bilan birga, The Atlantic’ning eslatishicha, bu lavozim ularga saylovlar yakunlari bo‘yicha emas, balki shaharning amaldagi rahbari o‘limidan so‘ng tekkan. 

Mavzuga oid