Jahon | 19:54 / 05.06.2018
18112
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp daholar uchun eshikni yopmoqda - Bloomberg

Foto: REUTERS

AQSh prezidenti ma'muriyatining Xitoydan bo‘lgan talabalar uchun viza cheklovi bo‘yicha rejalari XXR tomonidan intellektual mulkni o‘g‘irlash muammosiga yechim topishning yaxshi yo‘li emas. Bu haqda Bloomberg yozmoqda.

Materialda ta'kidlanishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Qo‘shma Shtatlarga robototexnika, aviatsiya va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish dasturlari bo‘yicha ta'lim olishga kelayotgan xitoylik talabalar uchun vizalar berishni cheklash rejalari haqida ma'lum qildi. Vizalar bir yil bilan cheklanadi, bundan tashqari, ularga ruxsatnomani olish qiyinlashadi.

Amerika hukumati tomonidan - bu davlatni «Xitoy sanoat josusligidan» himoya qilishga bo‘lgan urinish, u AQShda ish o‘rinlari va maoshlar kamayishi hamda raqobatbardoshlikning yo‘qolishiga olib kelmoqda, deyiladi materialda.

Bloomberg sharhlovchisi fikricha, intellektual mulk o‘g‘irligi jiddiy muammo sanaladi, biroq u yopiq va markazlashgan holda boshqariluvchi davlatlar bilan raqobat qiluvchi ochiq jamiyatlarga xosdir.

Mamlakat hududida so‘nggi o‘n yilda xitoylik talabalar soni ancha oshgan. Ularning bari ta'lim olish uchun yuqori haq to‘laydi, aynan shu amerikaliklarga ta'limni subsidiyalashga yordam beradi. Muallifning ta'kidlashicha, immigratsiya - bu ochiq jamiyatning ustunligi, aynan shuning uchun AQSh boshqa g‘oyalardan ko‘ra, boshqa insonlarni qabul qilgani ma'qul.

Biroq, so‘nggi vaqtlarda xorijliklar oldidagi irratsional qo‘rquv Amerika siyosatiga qaytib kelmoqda. Uning fikricha, asli kelib chiqishi Lotin Amerikasidan bo‘lgan amerikalik fuqarolarning hibs qilinishi hamda qo‘lga olinishi shunday tendensiyani ko‘rsatmoqda.

Mavzuga oid