O‘zbekiston | 00:33 / 09.06.2018
7297
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonda chet ellik jarrohlar 16 ta murakkab operatsiya o‘tkazishdi

Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasida “Profilaktik tibbiyot: bugun va kelajakda” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani doirasida mahorat darslari o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ),  “KARL STORZ” vakilligi va institut ma'muriyati tomonidan tashkil etildi

O‘zbekistonda onalar va bolalar salomatligiga e'tibor ustuvor yo‘nalishlardan sanalib, ushbu sohada tibbiy xizmat sifatini oshirish bo‘yicha ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.  GIZ loyihasi  aynan shu yo‘nalishda  bir qator tadbirlar o‘tkazib kelyapti. 

Andijon Tibbiyot institutida mahorat darslari doirasida o‘tkazilgan jarrohlik operatsiyalarida ayollardagi ginekologik va bolalar neonatal jarrohlik amaliyotida yuqori texnologiyalardan foydalanish usullari namoyish etildi.


 Ilmiy-amaliy anjuman doirasida 16 ta ana shunday operatsiyalar o‘tkazilib, ellik nafar bemorlarga maslahatlar berildi.

Jarrohlik operatsiyalarida - rossiyalik professor Aleksandr Popov va shu davlatdan tashrif buyurgan yetakchi mutaxassislar Aleksandr Golovin, Aleksandr Idashkin,  germaniyalik professor Zalmay Turiallar qatnashdi.

 

Ko‘rgazmali tarzda o‘tkazilgan mahorat darslari anjumanga tashrif buyurgan yaqin viloyatlarning mutaxassislari uchun operatsiya xonasidan anjumanlar zali va o‘quv xonalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilib borildi.

 

                                                           KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon

Mavzuga oid