iPhone'ga talab pasaygani haqida ma'lum qilindi
Apple korporatsiyasi o‘z mahsulotlariga tarkibiy qismlar yetkazib beruvchilarni iPhone smartfonlariga bo‘lgan talab pasayib borayotganidan ogohlantirdi. CNN telekompaniyasi shu haqida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Apple o‘z mahsulotlari tarkibiy qismlari yetkazib beruvchilariga qurilmalar uchun komponentlarni ishlab chiqarishni taxminan 20 foizga pasaytirish haqida aytgan. Bu kompaniya uning qurilmalariga bo‘lgan talabning kamayib borayotganini tan olishidan dalolat beradi, deyiladi materialda.
Bir yil avval korporatsiya komponentlar yetkazib beruvchi korxonalariga taxminan 100 million smartfon (iPhone 8, iPhone 8 Plus va iPhone X) ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan tarkibiy qismlarga buyurtma bergandi. Bu yil esa Apple 80 million qurilma ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan komponentlarga buyurtma qilgan.
Manbada ta'kidlanishicha, kompaniya sarmoyachilari bundan avval iPhone'ning dunyo miqyosidagi sotuvlari borasida xavotirlarini bildirishgan. Joriy yilning birinchi choragi davomida Apple 52,2 million smartfon sotgan. Tahlilchilar bu raqamlar 53 milliondan ortiqni qayd etishini taxmin qilishgan edi. Juma kuni Apple aksiyalari 2 foizga pasaydi.
1976 yilda asos solingan Apple korporatsiyasi iPhone smartfonlari, iPad planshetlari, iMac kompyuterlari, MacBook noutbuklari, iPod musiqiy pleyerlari va boshqa texnikalarni ishlab chiqaradi. Shtab-kvartirasi Kupertino (Kaliforniya shtati)da joylashgan kompaniyaning bozor kapitalizatsiyasi 900 milliard dollardan oshadi.
Mavzuga oid
00:31 / 18.12.2024
Kongo Appleʼni noqonuniy qazib olinayotgan minerallardan foydalanishda aybladi
18:44 / 17.12.2024
iPhone va Samsung foydalanuvchilarining aksariyati sun’iy intellektni foydali deb hisoblamaydi
20:50 / 16.12.2024
Apple yupqa iPhone va buklama qurilmalarni chiqaradi – OAV
19:56 / 13.12.2024