Sport | 15:02 / 18.06.2018
12457
1 daqiqa o‘qiladi
Britaniya OAV: JCh-2018da «zo‘ravonlik festivaliga» tayyorgarlik ko‘rilmoqda
Rossiyalik futbol ishqibozlari jahon chempionati-2018ga kelgan angliyalik muxlislarga «zo‘ravonlik festivali» uyushtirib berish haqida va'da qilishgan.
Britaniyaning Daily Star nashri xabariga ko‘ra, rossiyalik bezorilar Angliya terma jamoasi 18 iyun kuni jahon chempionati-2018da Tunisga qarshi o‘zining ilk o‘yinini o‘tkazadigan Volgograd shahriga jo‘nab ketishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Nashr hujumlar tayyorlanayotganiga isbot sifatida ultras so‘zlarini keltirgan, ular angliyaliklarga qarshi zo‘ravonlik harakatlari amalga oshirilishiga va'da berishgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Jahon chempionati terrorchilar uchun yaxshi nishonga aylanishi mumkin ekanini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
21:56
Rossiyaning eng katta mag‘lubiyatlaridan biri - Zelenskiy Rossiya gazi tranzitini to‘xtatilishi haqida
16:57
1 yanvardan chet elliklarning Rossiyaga kirish qoidalari kuchaytirildi
16:22
«Gazprom» Ukraina orqali Yevropaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi
11:39