Ispaniya bosh vaziri ilk tashrifi bilan an'analarga chek qo‘yishga qaror qildi
Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches hukumat rahbari sifatidagi ilk tashrifini Marokashga emas, balki an'analarga zid tarzda Fransiyaga amalga oshiradi.
Parijda Sanches prezident Emmanuel Makron bilan shu shanbada uchrashadi, bu haqda u TVE davlat televideniyesiga bergan intervyusida xabar berdi.
Bundan tashqari, Sanches yaqin vaqt ichida Germaniya kansleri Angela Merkel va Portugaliya bosh vaziri Antoniu Koshta bilan muzokaralar o‘tkazmoqchi.
Felipe Gonsales davridan beri (1983 yil) Ispaniyaning barcha bosh vazirlari (Xose Mariya Asnar, Xose Luis Rodriges Sapatero va Mariano Raxoy) ilk tashrifni aynan Marokashga amalga oshirgan. Sanchesning ma'lum qilishicha, Marokashga tashrif «yilning ikkinchi yarmida» ro‘y beradi.
Mavzuga oid
14:42 / 21.12.2024
Chad Fransiyadan qo‘shinlarini Ramazon oyigacha olib chiqishni talab qildi
18:43 / 20.12.2024
Google Maps fotosurati Ispaniyadagi qotillikni ochishga yordam berishi mumkin
12:20 / 19.12.2024
Fransiya kassatsiya sudi Sarkoziga hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi
22:17 / 16.12.2024