Jahon | 21:12 / 20.06.2018
42051
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng katta cho‘llardan birida ko‘llar paydo bo‘ldi

Dunyoning eng katta cho‘llaridan biri, Arabiston yarimorolining uchdan bir qismini egallagan Rub-al-Xali cho‘lida ko‘llar paydo bo‘ldi. Odatda bu cho‘lda yiliga 3 sm yog‘ingarchilik bo‘ladi. Biroq joriy yilda cho‘lga 28 smga yaqin yomg‘ir yog‘gan. 

Foto: Nasa /Lauren Dauphin

Bu juda antiqa manzara hosil qilishi bilan mahalliy biznes uchun juda foydali hisoblanadi. Yomg‘ir yog‘gandan 30 kun o‘tib cho‘lda yozgi o‘simliklar nish urib, ular keyingi 2 yil tuyalarga oziqa uchun yetarli bo‘ladi. 

Arabiston yarimorolida yiliga kamida 2 marta tropik siklon yuz beradi, biroq shunda ham yog‘ingarchilik miqdori kam bo‘ladi. Joriy vaziyat esa noyob hodisa bo‘lib, siklon nafaqat mo‘l yog‘ingarchilik, balki kuchli shamol bilan kechgan. Ummon va Yamanda anchadan beri bunday hodisa kuzatilmagan. Sun'iy yo‘ldoshlardan olingan yangi suratlar esa bunday kuchli bo‘ronlar tabiiy manzaralarning tubdan o‘zgarishi uchun salohiyatga egaligiga eslatma bo‘lib xizmat qiladi.

Mavzuga oid