Sport | 02:04 / 29.06.2018
7029
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya sariq kartalar soni bo‘yicha Senegalni ortda qoldirib, 1/8 finalga chiqdi

Rossiyada jahon chempionati o‘yinlari davom etmoqda.

H guruhining so‘nggi turida Kolumbiya Senegalni (1:0), Polsha esa Yaponiyani (1:0) yengdi.

Natijada Kolumbiya 6 ochko jamg‘arib, guruhda birinchi bo‘ldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinni bir xil ko‘rsatkichga ega bo‘lgan Yaponiya va Senegal egalladi - 4 ochko, to‘plar nisbati 4:4.

Mana shu holatda feyr-pley ochkolari hisoblandi. Ya'ni sariq va qizil kartalar uchun beriladigan ochkolar bo‘yicha Yaponiya afrikaliklardan o‘zib ketdi (Senegal hisobida 6ta sariq karta, Yaponiya hisobida 4ta).

Mavzuga oid