Sport | 01:21 / 29.06.2018
7642
1 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018. Tunis Panamaga qarshi o‘yinda kambekni amalga oshirdi

Panama terma jamoasi jahon chempionati G guruhining 3-turida Tunis bilan o‘ynadi. "Mordoviya Arena"da kechgan o‘yin Tunisning kichik farqdagi g‘alabasi bilan yakunlandi – 1:2.

33-daqiqada Tunis himoyachisi Meria o‘z darvozasiga gol kiritib, Panamani hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning 6-daqiqasida Ben Yussef oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. 66-daqiqada Xazri kiritgan gol Tunisga 3 ochko keltirdi. 

G guruhi. 3-tur

Panama – Tunis – 1:2 (1:0)

Gollar: Meria, 33 - avtogol (1:0). Ben Yussef, 51 (1:1). Xazri, 66 (1:2). 
Panama: Penedo, Machado, R.Torres (Texada, 56), Eskobar, Ovale, Barsenas, Gomes, Avila (Arroyo, 81), Godoy, X.Rodriges, G.Torres (Kammings, 46).
Tunis: Matluti, Naggez, Bedui, Meria, Xaddadi, Shaalali, Skiri, Ben Yussef, Sliti (Xalil, 77), Sassi (Badri, 46), Xazri (Srarfi, 89).
Ogohlantirishlar: Sassi, 44. Badri, 71. Avila, 78. Gomes, 80. Shaalali, 90+3. Texada, 90+6.

Mavzuga oid