Facebook soxta yangiliklarga qarshi kurashish uchun yangi kompaniyani xarid qilmoqda
Facebook Buyuk Britaniyaning sun'iy intellektdan foydalanuvchi texnologiyalarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Bloomsbury AI kompaniyasini xarid qilish uchun 30 million dollar sarflaydi.
Britaniya kompaniyasi xususan tabiiy til (NLP)dan foydalanib, matnlarni qayta ishlash texnologiyasiga ham ixtisoslashgan, bu texnologiya sun'iy intellektga yozilgan matnni tahlil qilish va ushbu matn bo‘yicha savollarga javob berish imkonini beradi. Ma'lum qilinishicha, Facebook ijtimoiy tarmoqdagi soxta yangiliklarga qarshi kurashish va kontent sifatini qo‘shimcha nazorat qilish maqsadida mazkur kompaniyani qo‘lga kiritmoqda.
Bu Facebook'ning qator mojarolardan keyin shubhali yangiliklarga qarshi kurash choralaridan yana biridir. May oyida Facebook Barselonada soxta yangiliklarga qarshi kurashuvchi vakolatxonasini ochishi haqida ma'lum qilindi. Bunga qadar kompaniya Germaniyaning Essenida ham shunday markaz ochgan.
Mavzuga oid
20:42 / 17.12.2024
Irlandiya regulyatori Meta kompaniyasini 251 mln yevro jarimaga tortdi
19:05 / 12.12.2024
Meta kompaniyasi Trampning inauguratsiyasiga 1 mln dollar xayriya qildi
17:10 / 28.11.2024
Mark Tsukerberg Tramp bilan uning Mar-a-Lago qarorgohida uchrashdi
19:42 / 22.10.2024