Sport | 11:52 / 04.07.2018
27125
2 daqiqa o‘qiladi

«Lenin qayerda uxlaydi?». Rossiyaga kelgan muxlislarning eng g‘aroyib savollari ro‘yxati tuzildi

Moskva metropolitenida futbol bo‘yicha jahon chempionatini tomosha qilish uchun kelgan xorijlik ishqibozlar tomonidan volontyorlarga eng ko‘p beriladigan va eng g‘aroyib savollar ro‘yxati tuzib chiqildi. Bu haqda Moskva merining rasmiy saytida xabar qilinmoqda.

Xabarda aytilishicha, Moskvaga kelgan xorijliklarning aksariyati «Ploshchad Revolyutsii» va «Pushkinskaya» metro stansiyalari haqida so‘rashadi.

«Eng ko‘p beriladigan savollar esa «Qizil maydonga qanday borish mumkin?» va «Nikolskaya ko‘chasi qayerda joylashgan?» degan savollar bo‘ldi. Bundan tashqari, xorijlik mehmonlar itlari bor metro bekatini ko‘p so‘p so‘rashgan («Ploshchad Revolyutsii»)», — dedi Moskva meri o‘rinbosari Maksim Liksutov.

Turistlar volontyorlarga murojaat qilgan eng g‘aroyib savollar esa —«Lenin qayerda uxlaydi?», «Menga turmushga chiqasizmi?», «Bir sutkalik cheksiz chipta bilan metroda uxlasam bo‘ladimi?» degan savollar bo‘lgan.

Rossiyada futbol bo‘yicha jahon chempionati 14 iyundan 15 iyulga qadar 11 shahar: Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Sochi, Nijniy Novgorod, Samara, Volgograd, Rostov-Don, Kaliningrad, Yekaterinburg va Saranskda bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid