Boeing va Embraer yo‘lovchi samolyot ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona tashkil etmoqchi
Braziliyaning Embraer SA va AQShning Boeing aviasozlik kompaniyalari 5 iyunda strategik hamkorlik qilishlari haqida e'lon qilishdi. Bu hamkorlik ikkala kompaniyaga aerokosmik bozorda o‘z pozitsiyalarni mustahkamlab olish va biznesi o‘sishini kuchaytirishga yordam berishi kutilmoqda.
Boeing va Embraer hamkorlik doirasida yo‘lovchi samolyotlar ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona tashkil etmoqchi. Bu korxonaning dastlabki qiymati 4,75 mlrd dollarga baholanmoqda, bunda AQSh kompaniyasi ulushi 80 foiz yoki 3,8 mlrd dollarni tashkil qiladi.
Boeing hamkorlik 2020 yildan foyda keltirishni boshlashiga umid qilmoqda. Korxona Embraer’ning fuqarolik aviasozligi sohasidagi operatsiyalarini oladi.
Agar korxona tashkil etilsa, u holda Boeing 70-130 o‘rinlik kichik tijorat samolyotlari bozorida yetakchiga aylanadi.
Bu kelishuv tarmoqdagi ikki gigant – Boeing va Airbus SE o‘rtasidagi raqobatchilikning navbatdagi bosqichidir. 2017 yil oktabrda Airbus va Kanadaning Bombardier Inc. kompaniyalari Bombardier C Series samolyotlarini ishlab chiqarish maqsadida hamkorlik kelishuvini imzolagandi. Kanada kompaniyasi hududiy samolyotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda 2-o‘rinni egallaydi.
Ayni vaqtda Embraer tijorat samolyotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o‘rtasida tushum bo‘yicha 3-o‘rinni egallaydi. Kompaniyaning taniqli laynerlari 70-100 o‘ringa ega.
Ushbu xabar ortida Boeing’ning aksiyalari 0,4 foizga, Embraer’niki esa 4 foizga qimmatlashgan.
Mavzuga oid
20:49 / 13.12.2024
Boeing 787 Dreamliner’larni ishlab chiqarishni oshirishga 1 mlrd dollar sarmoya kiritadi
18:19 / 26.11.2024
Boeing AQSh Harbiy-havo kuchlaridan 2,4 mlrd dollarlik buyurtma oldi
20:10 / 10.11.2024
XKSda qolgan astronavt keskin vazn yo‘qotmoqda
00:51 / 06.11.2024