Iqtisodiyot | 14:46 / 09.07.2018
22433
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Rossiyaga gaz sotish miqdorini kamaytirdi

O‘zbekistonning “O‘zbekneftegaz” AJ Rossiyaning “Gazprom” aksiyadorlik kompaniyasiga gaz sotish hajmini kamaytirmoqda. Bunga Rossiya kompaniyasining gaz xarid miqdorini yildan-yilga kamaytirib borayotganidir. 2018 yil 6 iyul kuni Sankt-Peterburgda «Gazprom» boshqaruvi raisi Aleksey Millerning O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari «O‘zbekneftegaz» AJ boshqaruvi raisi Alisher Sultonov bilan uchrashuvi xususida berilgan axborotda shu haqda so‘z boradi

Tomonlar kompaniyalarning ikki tomonlama hamkorligining borishi, shu jumladan Shoxpaxta konini birgalikda o‘zlashtirish masalasini muhokama qilishgan. Uchrashuvda, shuningdek, «Gazprom» tomonidan o‘zbekiston gazini xarid qilish masalalari hamko‘rib chiqilgan. 

Foto: Gazprom

2017 yili «Gazprom» va «O‘zbekneftegaz» strategik hamkorlikka doir kelishuvni imzolagan bo‘lsa, shu yili «Gazprom» O‘zbekistondan 5,5 mlrd m3. tabiiy gaz xarid qilgan. 2016 yilda bu raqam 6,2 mlrd m3.ni tashkil etgan

2017 yil imzolangan kelishuvga muvofiq, «Gazprom» O‘zbekistonda kelgusi 5 yil mobaynida yiliga 4 mlrd m3 gaz xarid qilishini ko‘zda tutadi. 

Foto: Gazprom

Shoxpaxta — gazkondensat koni 1962 yili Ustyurt platosining janubi-sharqiy qismida ochilgan.

Mavzuga oid