KVN bo‘yicha Tojikiston terma jamoasi sardori 12 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Tojikiston sudi mustaqil jurnalist, KVN bo‘yicha Tojikiston terma jamoasi sardori, 40 yoshli Xayrullo Mirsaidovni yolg‘on ma'lumot yetkazish, davlat pullarini o‘zlashtirish va sarflab yuborish hamda hujjatlarni qalbakilashtirish ayblovlari bilan 12 yilga ozodlikdan mahrum etdi.
Mirsaidov jazoni qattiq tartibdagi koloniyada o‘taydigan bo‘ldi.
So‘g‘d viloyati prokuraturasi Mirsaidovni 2017 yil 5 dekabrda uning ochiq xatidan keyin hibsga olgan. U xatida So‘g‘d viloyatining yoshlar ishlari bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘ini korrupsiyada ayblagan. Mirsaidov ustidan sud jarayoni 8 iyunda boshlangan. U o‘zini qisman aybdor deb tan olgan.
“Agar sudlanuvchi 123913 somoniy (14 ming dollar) miqdorida davlatga yetkazilgan ziyonni to‘lab berganda qamoqqa olinmagan bo‘lardi”, deb aytgan sudya.
Mirsaidovning advokati Dilafro‘z Samadova hukm ustidan arz qilishini va uning adolatsizligini aytgan. “Sud Mirsaidovga qo‘yilgan ayblovlardan birortasi bo‘yicha aybini isbotlay olmagan”, deb aytgan advokat.
Mirsaidov sudda KVN bo‘yicha Tojikiston terma jamoasiga ajratilgan mablag‘larni sarflab yubormaganini va jamoa bilan Moskva ligasi yarimfinaligacha bora olganini aytgan. Biroq hukumatning klub faoliyatiga munosabatining tanqid qilinishi uning panjara ortiga tushishiga sabab bo‘lgan.
Ushbu hukmga AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiyaning Tojikistondagi elchixonalari darhol munosabat bildirgan. Ular “mustaqil jurnalist Mirsaidov ustidan sud jarayoni olib borilganidan jiddiy xavotir” bildirishgan va Tojikistondagi mutasaddi idoralardan chiqarilgan hukmning qayta ko‘rib chiqilishini talab qilishgan.
Mavzuga oid
17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi
17:13 / 29.11.2024
Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024