Jahon | 15:15 / 12.07.2018
3950
2 daqiqa o‘qiladi

Comcast korporatsiyasi Sky telekompaniyasi uchun 34 mlrd dollar to‘lashga tayyorligini bildirdi

Foto: REUTERS/Toby Melville

AQShning Comcast telekommunikatsiya korporatsiyasi Britaniyaning Sky telekompaniyasini sotib olish uchun raqobatchi 21st Century Fox mediaxoldingidan ko‘proq pul – 34 mlrd dollar to‘lashga tayyor. Bu haqda Comcast saytida ma'lum qilindi.  

“Comcast anchadan beri Sky’ning ishidan hayratda va uni Comcast’ga to‘g‘ri keluvchi buyuk kompaniya deb hisoblaydi”, deb aytilgan xabarda. 

Comcast aprelda Sky uchun 31 mlrd dollar taklif qilgan. 21st Century Fox esa britan kompaniyasiga 32,48 mlrd to‘lashga tayyorligini bildirgan. Sky News telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, Sky’da 21st Century Fox bilan bitim tuzishga rozilik bildirilgan.

Avvalroq britaniyalik siyosatchilar va regulyatorlar Sky 21st Century Fox tomonidan sotib olinsa, AQSh mediaxoldingi egasi Ruper Merdok Britaniya ommaviy axborot vositalari ustidan katta ta'sirni qo‘lga kiritishi mumkinligidan xavotir bildirishgan.

Mavzuga oid