O‘zbekiston | 19:30 / 17.07.2018
5831
1 daqiqa o‘qiladi

Mobil ilovalar orqali notarius va FHDYo xizmatlari uchun pul to‘lash imkoniyati yaratilmoqda

Foto: iStock

Notarial harakatlar va FHDYo organlari xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirishda interaktiv xizmatlarni joriy etishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq:

- notarial xizmatlar va FHDYo organlari uchun to‘lovlarni amalga oshirishda interaktiv axborot-kommunikatsiya vositalari, jumladan, bankomat, terminal, infokioska va mobil ilovalar joriy qilinadi;

- tijorat banklari notarial idoralar va FHDYo organlaridagi maxsus kassalar orqali tushayotgan davlat boji to‘lovlari summasining (1%) bir foizi miqdorida mukofot oladi;

- notarial idoralar va FHDYo organlari binosida maxsus kassalar va to‘lov punktlari ochilganligi uchun tijorat banklari va to‘lov punktlari agentlik tarmoqlari ijara to‘lovi, kommunal va ekspluatatsion xizmatlar to‘lovlaridan ozod qilindi.

Mavzuga oid