Jahon | 00:28 / 24.07.2018
6456
1 daqiqa o‘qiladi

Brilliant ishlab chiqaruvchi jahondagi eng yirik kompaniya JARdan Mozambikka 200ta fil keltirmoqchi

Foto: Discovery

Janubiy Afrikaning De Beers kompaniyasi JARdagi Venetia Limpopo qo‘riqxonasidan Mozambikka fillar olib o‘tishni boshladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Bundan maqsad, Mozambikda 15 yillik fuqarolar urushi davomida kamayib ketgan fillar sonini tiklashdir.

Maydoni 32 gektar bo‘lgan Venetia Limpopo parkida hozirda 270dan ortiq fil yashaydi, bu ekotizimga jiddiy zarar yetkazishi mumkin, deyiladi kompaniya xabarida. Mozambikdagi maydoni 408 ming gektar bo‘lgan Zinave parkida esa atigi 60ta fil qolgan.

De Beers’ga fillarni olib o‘tishda bu jonivorlarni muhofaza qilish bilan shug‘ullanuvchi Peace Parks fondi yordam beradi.  

De Beers –brilliant ishlab chiqaruvchi jahondagi eng yirik kompaniya bo‘lib, unda 20 mingdan ortiq kishi ishlaydi.

Mavzuga oid